“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 19:52
ЎЗO‘Z

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Qoraqalpog‘iston va Xorazmga bordi, chinakam «xalq prokuraturasi» shakllantiriladi

11 iyul, 18:04 3 651 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Qoraqalpog‘iston va Xorazmga bordi, chinakam «xalq prokuraturasi» shakllantiriladi O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, bo‘sh bino va ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish va boshqa dolzarb vazifalar ijrosi, shuningdek, prokuratura organlarining joriy 6 oylik faoliyati bilan tanishish maqsadida 8-9 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Tashrif davomida tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay muhit va shart-sharoitlar yaratish, mavjud to‘siq va muammolarni bartaraf etish borasida 195 ta tadbirkorlik sub’ektlari bilan har ikkala hududda alohida uchrashuvlar tashkil etilib, sohaga mas’ul idoralar, ijro va nazorat organlari, tijorat banklari rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda asosiy e’tibor hududiy va respublika darajasidagi muammolarni hal etishga qaratildi.

Jumladan, muloqotlar davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan kredit ajratish, “nol” qiymatda va imtiyoz asosida bino olish, elektr va gaz ta’minoti, yer maydoni ajratish, litsenziya va ruxsatnoma olish bilan bog‘liq masalalarni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘rildi.

Bo‘sh binolar va ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati idoralararo komissiyalari hisoboti eshitilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Shu bilan birga, tashrif davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati prokuraturalari faoliyati ham o‘rganildi.

O‘rganish natijalari, faoliyatni tashkil etish, hududda qonuniylikni mustahkamlash borasida yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar prokuraturalarning kengaytirilgan hay’at majlisida tanqidiy muhokama qilindi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, ayollar va voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish, sog‘liqni saqlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida qonuniylikni ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusni amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorlar huquqlarini muhofaza qilish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar – kelajagimiz” va “Har bir oila tadbirkor” dasturlari ijrosi ustidan qat’iy nazorat olib borish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish borasida prokuratura organlari oldida turgan dolzarb vazifalar ijrosini tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Prokuratura organlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan, sadoqat va mas’uliyat bilan bajarish, korrupsion illatlarning oldini olish, chinakam “xalq prokuraturasi”ni shakllantirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilandi, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 1
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 2
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 0
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 24
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 8
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 44
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 0
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 0
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 1
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 0
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 3
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 34
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 46
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 24
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 8
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 55
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 44
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 111
  • Bo‘limlar