“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 14:47
ЎЗO‘Z

Gulnora Karimovaga oila a’zolari bilan uch kunlik uchrashuv taqdim etildi

11 iyul, 09:18 3 413 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gulnora Karimovaga oila a’zolari bilan uch kunlik uchrashuv taqdim etildi Oldinroq Adliya vazirligi tomonidan Internet tarmog‘ida mahkuma Gulnora Karimovaga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilmayotgani hamda u doimo ruhiy bosim ostida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

O‘rganish davomida (joriy yilning 3 iyul kuni) G. Karimova oila a’zolarining u bilan uzoq muddatli uchrashuv so‘rab yozgan murojaati kelib tushganlik fakti aniqlangan edi.

Jinoyat-ijroiya kodeksining 76-moddasiga muvofiq mahkumlarning uzoq muddatli uchrashuv huquqi ta’minlanishini o‘rganish maqsadida monitoring o‘tkazildi. Monitoring davomida, mahkuma G. Karimova o‘zining uzoq muddatli uchrashuv huquqidan foydalangan holda 2019 yilning 7 iyul kunidan 10 iyul kuniga qadar, o‘z oila a’zolari bilan uch kunlik – uzoq muddatli uchrashuvda bo‘ldi.

Ularga, uzoq muddatli uchrashuv huquqidan foydalanayotgan boshqa mahkumalar kabi, alohida uzoq muddatli uchrashuvlarga mo‘ljallangan yashash joyi ajratilgan.

Ushbu uchrashuvni bo‘lish, shuningdek, oila a’zolari tomonidan olib kelingan posilka va banderollarni kiritishni cheklash holatlari bo‘lmagan.

Suhbat davomida, Gulnora Karimovaning oila a’zolari ushbu davrda boshqa mahkumalar ham o‘zining uzoq muddatli uchrashuv huquqidan foydalangan holda yaqinlari bilan birga bo‘lganligini ta’kidlashdi, bu boshqa mahkumalarning uchrashish huquqlari ta’minlanayotganligini bildiradi.

Shu bilan birga, uchrashuv davomida, G. Karimovaning oila a’zolari G. Karimovaga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilmayotganligi va unga bosim o‘tkazilayotganligi bo‘yicha shikoyat va e’tiroz bildirishmadi, deyiladi Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 72
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 84
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 92
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 60
  • Bo‘limlar