“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:33
ЎЗO‘Z

Qozog‘istonga 30 ming dollardan ortiq valyutani olib chiqmoqchi bo‘lganlar to‘xtatildi

10 iyul, 22:34 2 731 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘istonga 30 ming dollardan ortiq valyutani olib chiqmoqchi bo‘lganlar to‘xtatildi Toshkent viloyatida joylashgan bojxona postlari orqali 30 ming AQSh dollaridan ortiq naqd xorijiy valyutalarni olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postidan qo‘shni mamlakatga piyoda ravishda chiqib ketayotgan fuqaro X.D. bojxona xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda egnidagi kurtkasining cho‘ntagida og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan 10 000 AQSh dollarini yashirganligi aniqlandi.

Ushbu post xodimlarida shubha uyg‘otgan yana bir fuqaro R.E. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda egnidagi shimining cho‘ntagida og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan 10 000 AQSh dollarini yashirganligi fosh qilindi.

"“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatga o‘tish uchun piyoda holda kirib kelgan fuqaro I.D.ning noqonuniy xarakatlariga chek qo‘yildi. Ushbu shaxs xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, egnidagi shimining cho‘ntagida og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan 6600 AQSh dollarini yashirganligi aniqlandi", - deyilgan xabarda.

“Navoiy” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatga o‘tish maqsadida ushbu postga kirib kelgan fuqaro K.O. boshqaruvidagi “Volvo fh 13.460” rusumli yuk avtoulovi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, avtomashina kabinasida og‘zaki so‘rovda aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan 3500 AQSh dollari yashirilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 216
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 180
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 241
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 55
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 255
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar