“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 11:47
ЎЗO‘Z

«To‘xtash taqiqlangan!» belgisiga amal qilmaganlar endi kameraga tushadi va jarima to‘laydi

08 iyul, 21:53 4 094 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«To‘xtash taqiqlangan!» belgisiga amal qilmaganlar endi kameraga tushadi va jarima to‘laydi Foto: Toshkent shahar IIBB
Aksariyat haydovchilar belgilangan joygacha ortiqcha 100 metr masofa bosib o‘tishga erinib, 3.27 belgisi ostida bir necha daqiqaga to‘xtasa hech narsa bo‘lmaydi deb o‘ylashadi. To‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzilishi nuqtai nazaridan poytaxt bozorlari eng muammoli joylar hisoblanishadi, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

10 iyuldan boshlab Toshkentning bir nechta bozorlari yaqinidagi yo‘llar bo‘ylab to‘xtash va to‘xtab turish qoidalari buzilishini qayd etuvchi avtomatlashtirilgan foto va videokameralar ish boshlaydi.

Jumladan, Toshkent xalqa avtomobil yo‘lining Chilonzor tumanidagi qismining o‘zidayoq 3.27 belgisini mensimaganlarni qayd etishga mo‘ljallangan 4 ta statsionar avtomatlashtirilgan kameralar o‘rnatilgan. Hozirgi vaqtda Abu-Saxiy, Bek Topi, Ippodrom, O‘rikzor bozorlari yo‘llarida avtomatlashtirilgan tizim o‘rnatilgan bo‘lib, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan bu yo‘nalishdagi ishlar davom ettiriladi.

O‘rnatilgan kameralar 360 gradusga o‘girila oladi. Avtomobil mumkin bo‘lmagan joyda to‘xtagach, videokamera avtomatik tarzda (inson aralashuvisiz) vaqtni va «qoidabuzar» avtomobilning davlat raqamini qayd etadi. Ma’lumotlar onlayn-tarzda bazaga yo‘naltiriladi, u yerda esa AutoCon-SC/M dasturiy ta’minot jarima solish bo‘yicha Qarorni shakllantirib uni «O‘zbekiston pochtasi» AJga qoidabuzarga jo‘natish uchun yo‘llaydi.

Xatda jarimani 60 kunlik muddat ichida to‘lash zarurligi, ushbu muddat tugagach tizim xatga biriktirilgan kvitansiyani avtomatik tarzda to‘sib qo‘yib, jarima to‘lanmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Majburiy ijro byurosiga (MIB) jo‘natishi ma’lum qilinadi. MIB, o‘z navbatida, transport vositasi egasining nomiga rasmiylashtirilgan mulkka taqiq qo‘yadi. Ushbu sanksiyalar qoidabuzar-avtomobil egasiga oldi-sotdi kelishuvlarini olib borishga yo‘l qo‘ymaydi. YHQni buzganlik uchun jarimani o‘z vaqtida to‘lamaslik ham qo‘shimcha moddiy harajatlarga olib keladi.

Bundan tashqari, kamera qoidabuzarlikni qayd etib, uni Markazga yo‘llaganidan keyin, to‘lov muddati davomida sizga nisbatan bir qator cheklovlar o‘rnatiladi. Xususan, sizda mashinani IIBB YHXB tumanlararo bo‘linmalarida texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoki boshqa fuqaroning nomiga rasmiylashtirish imkoni bo‘lmaydi. Ushbu cheklov bo‘lajak xaridorni «qarzdor» mashina sotib olib qo‘yishdan himoyalaydi.

Eslatib o‘tamiz, 3.27 belgisi ostida avtomobilni to‘xtatish O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-6-moddasiga muvofiq EKIHning 3 baravarigacha (608 190 so‘m) jarima solinishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Haydovchilarni va transport vositasini ijaraga bergan fuqarolarni jarimalar mavzusiga e’tibor berishlarini tavsiya etamiz. O‘zR MJKning 17-1-moddasiga muvofiq, Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori tortiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 252
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 74
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 110
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 155
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 0
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 0
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Bo‘limlar