“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 02:36
ЎЗO‘Z

Surxondaryoda hojatxonaga tashlab ketilgan chaqaloqning ahvoli haqida Vazirlik ma’lumot berdi

07 iyul, 22:00 5 965 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Surxondaryoda hojatxonaga tashlab ketilgan chaqaloqning ahvoli haqida Vazirlik ma’lumot berdi Internetda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi bozor hojatxonasiga tashlab ketilgan yangi tug‘ilgan chaqaloq topib olingani haqidagi video tarqaldi.

Unda shifokorlar, IIB xodimlari va boshqalar chaqaloqni jonlantirishga urinayotgani tasvirlangandi.
Chaqaloqning onasi tasviri bozordagi kuzatuv kameralariga tushib qolgan va ayni vaqtda u qidiruvga berilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati chaqaloqning hayoti saqlab qolingani va uning ayni vaqtdagi holati haqida ma’lumot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, yangi tug‘ilgan chaqaloq 2 iyul kuni Denov tumanidagi «Lolazor» buyum bozori hududidagi hojatxonadan topilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari va tez tibbiy yordam shifokorlari chaqaloqqa voqea joyida birinchi tez tibbiy yordamni ko‘rsatishgan. Chaqaloq 2-sonli viloyat perinatal markaziga og‘ir ahvolda olib kelingan va uning hayoti saqlab qolingan.

«Shifokorlar ko‘rsatgan tibbiy muolajalardan keyin chaqaloqning umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lib turibdi. Ayni paytda tibbiyot xodimlari tomonidan sun’iy oziqlantirilmoqda. Chaqaloq jinsi - qiz bola, og‘irligi - 3500 gramm, bo‘yi - 50 santimetr.

Hozirda chaqaloq ahvoli Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratiga olingan. Shifokorlar chaqaloq hayoti uchun kurashmoqda», deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Furqat Sanayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 60
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 18
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 198
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar