“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 04:51
ЎЗO‘Z

Hayot Shamsutdinov kim?

06 iyul, 10:30 4 984 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hayot Shamsutdinov kim? Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Biror davlat organi yoki tashkilotiga matbuot kotibi tayinlanishi favqulodda voqelik emas. Bunday lavozim egasi o‘zi xizmat qilayotgan muassasaning birinchi rahbari hisoblanmaydi ham. Shunga qaramay ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun davlat organlarining birinchi rahbaridan ham uning matbuot kotibi kim ekani qiziqroq. Yo‘llarimiz shu lavozimni band qilib o‘tirgan kishi bilan kesishadi-da odatda.

Qolaversa, endi vaziyat ham o‘zgargan: Prezident qarori bilan davlat organlari va tashkilotlarining matbuot kotiblari maqomi ko‘tarilib, zimmasiga shunga yarasha mas’uliyat ham yuklatildi. Demak, shu bugun Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbarligiga tayinlangani e’lon qilingan Hayot Shamsutdinov bilan yaqinroq tanishish foydadan holi emasday.

Qisqa fursatda «yiqqan-tergan» ma’lumotlarimizga ko‘ra, H.Shamsutdinov, farg‘onalik. Adliya maslahatchisi (podpolkovnik darajasidagi harbiy unvon). Prokuratura Matbuot xizmatida ishlash tajribasiga ega. Chamasi, o‘n yillar burun, Svetlana Artiqova Bosh prokuratura matbuot xizmatiga rahbarlik qilib, katta-kichik e’tiroflarga sazovor bo‘lgan paytda uning qo‘l ostida ishlagani aytiladi. Ortiqova xonim Oliy Majlis Senatiga ko‘tarilib ketgach, to yangi matbuot kotibi tayinlangunga qadar shu vazifani vaqtincha bajarib turgan ham.

Faoliyatini tuman prokurori yordamchisi vazifasida boshlagan H.Shamsutdinov Farg‘ona viloyat prokuraturasida ishlagan, Bosh prokuraturadagi chamasi uch yillik faoliyatidan so‘ng Qo‘qon shahar prokurori o‘rinbosari etib tayinlanadi.

Qo‘qon shahar prokuraturasida ishlash tizim xodimlari uchun chinakam sinov deyish mumkin. Keyingi yigirma yil ichida qadimiy shahar prokurorga yolchimadi, hisob. Bu vaqt mobaynida birorta prokurorga bir muddat (besh yil) ishlash nasib etmadi. Ularning aksariyati shu lavozimdan ko‘tarilib emas, «urilib» ketgani ko‘p narsalarga dalolat qiladi.

H.Shamsutddinov Qo‘qon shahar prokurori o‘rinbosari safatida salkam to‘rt yil ishladi (shu to‘rt yilda shahar prokurori ikki marta almashadi). Keyin Farg‘ona viloyat prokurorining kadrlar bilan ishlash bo‘yicha katta yordamchisi lavozimiga loyiq ko‘riladi. Prokuratura tizimida birinchi tozalash ishlari boshlanganda u Bosh prokuraturaning Kadrlar boshqarmasi katta prokuroriligiga o‘tkaziladi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari etib tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati prokurorining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha katta yordamchisi sifatida ishlab kelayotgandi.

U ona tilidan tashqari rus va ingliz tillarini biladi. Hatto rus tilini o‘zbekchadan ham yaxshiroq bilishi aytilmoqda.

Hozirda senator Svetlana Artiqova paytida bir ko‘zga ko‘rinib, so‘ng o‘z davriga monand faoliyat ko‘rsatib, Surayyo Rahmonova rahbar bo‘lib kelgach, tamomila yangicha bosqichga ko‘tarilgan Bosh prokuratura matbuot xizmatiga kim rahbar bo‘lishini OAV vakillari sabrsizlik bilan kutishayotgandi, rosti. Mana, biz tez-tez bezovta qiladigan mutaxassis bilan qisman tanishdik.

Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 31
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 67
  • Toshkentda shamol sabab daraxt Tracker ustiga quladi 18 мая, 18:53 94
  • Mahkumlar huquqlarini ta’minlash yanada mustahkamlanadi 18 мая, 17:56 51
  • “Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi 18 мая, 15:36 140
  • Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi 18 мая, 14:19 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 25
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 36
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 91
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 16
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 127
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 31
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 43
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 70
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 137
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 177
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 67
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 89
  • Bo‘limlar