“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:22
ЎЗO‘Z

Samarqanddagi odamlar yuziga suyuqlik sepish maktab o‘quvchilari uyushtirgan prank bo‘lib chiqdi (video)

06 iyul, 09:03 4 928 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqanddagi odamlar yuziga suyuqlik sepish maktab o‘quvchilari uyushtirgan prank bo‘lib chiqdi (video) Foto: «Daryo»
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda tibbiy niqob kiygan o‘spirin yigit bekatda tramvayga yugurib kirib, yo‘lovchilarning yuziga noma’lum suyuqlikni sepib, qochib ketdi, degan xabar tarqaldi. O‘sha xabarlarda yuzlariga ushbu suyuqlik tekkan yigitlar shu zahoti hushini yo‘qotgani, qolgan yo‘lovchilar esa, vahimaga tushib, tramvaydan yugurib tushib ketgani aytiladi.

«Daryo»nashrining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, holatga aniqlik kiritilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ma’lum bo‘lishicha, 4 iyul kuni soat taxminan 19:40 atrofida Samarqand shahrida Sartepo-Vokzal yo‘nalishida qatnab keluvchi 1-tramvay Buyuk ipak yo‘lining «Choy fabrikasi» bekatida kelganda 2003 yilda tug‘ilgan, Samarqand shahridagi 33-maktabning 8-sinf o‘quvchisi D.T. yo‘lovchilarning yuziga noma’lum suyuqlikni sepgan. D.T.ning tramvay ichidagi sheriklari oldindan kelishilgan holat bo‘yicha, o‘zlarini hushidan ketgan holatga solgan.

Surishtiruv ishlari natijasida ushbu holatni 2006 yilda tug‘ilgan, 33-maktabning 11-sinf o‘quvchisi A.I., 2007 yilda tug‘ilgan, 42-maktabning 10-sinf o‘quvchisi A.I., 2003 yilda tug‘ilgan, 42-maktabning 11-sinf o‘quvchisi T.Y., 2003 yilda tug‘ilgan, 33-maktabning 8-sinf o‘quvchisi D.T., 43-maktabning 8-sinf o‘quvchisi R.M., 2006 yilda tug‘ilgan, 33-maktabning 7-sinf o‘quvchisi S.M., 2004 yilda tug‘ilgan, 43-maktabning 9-sinf o‘quvchisi D.B.lar o‘zaro oldindan kelishgan holda amalga oshirganligi aniqlangan.

Surishtiruv ishlari jarayonida ma’lum bo‘lishicha, mazkur videoni S.M. o‘zining iPhone rusumli mobil telefoni orqali internet tarmoqlariga tarqatib, ijtimoiy tarmoqlarda «prank» (tarmoq hazili) qilmoqchi bo‘lganligi aniqlangan.

Ushbu voyaga yetmagan yoshlarning qilmishi yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 59
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 143
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 151
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 269
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 29
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 21
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 92
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 112
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 37
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 146
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 59
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 104
  • Bo‘limlar