“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 03:34
ЎЗO‘Z

Markaziy Osiyodagi eng baland bino Toshkentda qad rostlaydi

06 iyul, 06:00 9 424 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy Osiyodagi eng baland bino Toshkentda qad rostlaydi Bugun, 5 iyul kuni Murad Buildings va Turkiyaning Ozguven quruvchilik kompaniyalari rahbarlari ommaviy axborot vositalariuchun matbuot anjumani tashkil etib, jurnalistlarga Tashkent City Xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida qurilayotgan 50 qavatli bino haqida ma’lumot berishdi.

Murod Nazarov, Murad Buildings kompaniyasi rahbari:
Ushbu loyiha ustida 500 dan ortiq mutaxassislar ish olib borishdi. Loyihani keng qamrovli, shu paytgacha mamlakatimizda amalga oshirilmagan yirik loyiha deyishga asosimiz bor. Tashkent City dagi qurilish jarayonlari O‘zbekistondagi yangi bir sahifani ochib berdi deyish mumkin. 80 gektarli maydonda ayni kunlarda keng qamrovli qurilish ishlari ketmoqda. 4-lotda Tashkent Citydagi eng ko‘zga ko‘ringan, osmono‘par bino qad rostlaydi. Avvaliga ushbu binoni 40 qavat qilish rejalashtirilgan edi.

Lekin keyinchalik nafaqat osmono‘par bino, balki O‘rta Osiyoda eng baland bino bo‘lishini istadik. Buning uchun dunyoning yarmini aylanib chiqdik, o‘rgandik, fikr almashdik. Koreya, Singapur, Yaponiya, Dubay, Angliya, Amerika, Germaniya kompaniyalari bilan fikr almashinib, bizning nazarimizda eng yaxshisi bo‘lgan, shijoatli, hamda prezidentimizning g‘oyalarini amalga oshirishda o‘z hissasini qo‘shishni chin dildan istagan Ozguven kompaniyasini tanladik. Bino 50 qavatli 215 metrli bo‘lib, mintaqadagi eng baland binoga aylanadi.

Shu paytgacha Nursulton shahridagi 211 metrli bino O‘rta Osiyodagi eng baland hisoblanardi. Loyihaning asosiy mohiyati esa, bu osmono‘par bino har kim uchun hamyonbop bo‘lishiga qaratilgan. Ushbu loyihamiz o‘zbekistonliklarning faxriga aylanadi, deb umid qilamiz. 4-lotda amalga oshirilayotgan bino poydevori uchun yer 100 metrga kovlandi, har ikki metrda tuproqni laboratoriyada o‘rgandik. Zilzilabardoshligini tekshirdik. Taxminan noyabr oylarida poydevorni tugatib, qavatlarni ko‘tarishni boshlaymiz.

Ozgur Ozguven, Ozguvenqurilish kompaniyasi rahbari:
4-lot yangi qarashlar va noan’anaviy yechimlarni o‘zida aks ettirmoqda. Biz Markaziy Osiyo va Buyuk Ipak Yo‘li markazida joylashgan ushbu loyihada ishtirok eta olganimizdan baxtiryomiz. O‘z nou-xaularimizni qo‘llashdan tashqari Turkiyaning yirik universitetlaridan professor-o‘qituvchilarni ishga taklif qildik va ko‘plab mutaxassislardan masalahat oldik. Arxitektura va muhandisliknuqtai nazaridan batafsil tadqiqot va loyihalashtirish ishlari olib borildi.

Binoning qurilish jarayonida granitdan kuchliroq bo‘lgan M700 beton turidan foydalanildi. Birgina poydevorga quyilgan betondan har biri 80 kvadrat metrga teng 700 ta xonadon qurish mumkin.Agar qurilishda ishlatiladigan barcha temir anjomlarni qo‘shsa, 7,5 ming kilometr masofani tashkil etadi. Bu Toshkentdan Istanbulga va orqaga qaytishgacha bo‘lgan masofani tashkil etadi. Bu miqdordagi temirdan 25 ming dona avtomobil ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi.

Tadbirda 4-lotda quriladigan inshootlar aks ettirilgan videorolik ham namoyish etildi va bir yarim gektar huddudda qad rostlaydigan ushbu ob’ektning rasmiy nomi 15 avgust kuni e’lon qilinishi ma’lum qilindi.

Dilfuza SOBIROVA




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 30
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 29
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 100
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 147
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 18
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 68
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 17
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 42
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 74
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 69
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 100
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 43
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 84
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 64
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 53
  • Bo‘limlar