“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 23:21
ЎЗO‘Z

Komil Allamjonov: «So‘z erkinligi - birovni haqorat qilish mumkin degani emas» (video)

01 iyul, 18:19 3 533 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Komil Allamjonov: «So‘z erkinligi - birovni haqorat qilish mumkin degani emas» (video) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov ikki bloger o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi.

U bu holat so‘z erkinligi buzilishiga aloqador emasligini qayd etib o‘tgan.
Блогерлар ўртасидаги зиддиятли вазиятга нисбатан Агентликнинг расмий изоҳи

Блогерлар ўртасидаги зиддиятли вазиятга нисбатан Агентликнинг расмий изоҳи ———————- Официальный комментарий Агентства относительно конфликтной ситуации между блогерами

Опубликовано Комил Алламжонов Понедельник, 1 июля 2019 г.

«Ikki bloger o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Nozim Safari va Sardor Komilov o‘rtasida. Tushunishim bo‘yicha, Sardor Komilovning maqolasiga Nozim Safari haqoratli munosabat bildirgan.

Keyin Sardor Komilov uning ustidan Yunusobod tumani IIBga shikoyat yozib bergan. U yerda nima gaplar bo‘lganidan, kim o‘zini qanaqa tutganidan xabarimiz yo‘q. Lekin u yerdan chiqqanidan keyin Nozim Safari hissiyotlarga berilib, ijtimoiy tarmoqdagi o‘quvchilari e’tiboriga juda qattiq gaplar yozgan. Unga boshqa blogerlar qo‘shilishgan: «Mana, so‘z erkinligi deyishuvdi», «Hamasi yolg‘on, hammasi ertak», «Bizni ROVDga chaqirishdi, u yerda bizga qo‘pol munosabatda bo‘lishdi», «Allamjonov, biz sizga ishongandik», «Ertaklar tugadi» degan juda og‘ir gaplar yangradi.

Ertasi kuni bular bir-biri bilan yarashib oldi. Lekin gapirilgan gap otilgan o‘q bo‘lib, odamlar o‘qidi, odamlar fikrlarini yozdi, bahslar bo‘ldi. Agentligimiz va prezidentimiz, rahbariyatimiz tomonidan olib borilayotgan ochiqlik siyosati, umuman davlatning bu yo‘nalishdagi siyosatini shubha ostida qoldirishga sabab bo‘luvchi holat bo‘ldi.

Shuning uchun men o‘rtoq blogerlardan iltimos qilmoqchi edim. His-tuyg‘ularga berilib, bunday shoshmashosharlik bilan butun boshli davlatning, agentlikning ishlarini yerga urishni bas qilishni so‘rayman. Chunki bu bizga nisbatan hurmatsizlik deb bilamiz.

Har qanaqa islohot birdaniga bo‘ladigan jarayonmas. Biz so‘z erkinligini ta’minlaymiz, jurnalistlarni, blogerlarni qo‘llaymiz deganmiz. Agarda biror davlat tashkilotida jurnalistga nisbatan qo‘pollik yoki unga nisbatan tazyiq o‘tkazilishi holati kuzatilsa, bu butun davlat siyosati yolg‘on degani emas. Bunday holatlar uchun qonunda tegishli choralar bor. Masalaga xolislik bilan baho berishingizni iltimos qilamiz.

So‘z erkinligi - bu birovni haqorat qilish mumkin, sharmanda qilish mumkin degani emas. Bloger bo‘ladimi, jurnalist bo‘ladimi, oddiy fuqaro bo‘ladimi barcha uchun qonun teng. Erkin gapirishingiz mumkin, lekin gapingizga javobgarlik mas’uliyati bo‘lishi shart.

Bu islohotlar - orqaga qaytadigan islohotlar emas. Ochiqlik siyosati - prezidentimizning siyosiy irodasi. Agentlik jurnalistlarni va blogerlarni himoya qilishga va’da berdimi, bu va’dani bajaradi. Lekin blogerlar o‘z faoliyatidan tashqaridagi masala yuzasidan ko‘chada kim bilandir janjallashsa, ularning ustidan kimdir shikoyat yozsa, biz u bloger ekan deb o‘rtaga tushmaymiz.

Shu fursatdan foydalanib, barcha blogerlarni, ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlarni og‘irroq bo‘lishga chaqirib qolaman», degan Komil Allamjonov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Bo‘limlar