“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 04:26
ЎЗO‘Z

1 iyuldan sirtqi ta’limga qabul boshlandi

01 iyul, 11:43 4 117 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1 iyuldan sirtqi ta’limga qabul boshlandi O‘zbekistonda bugun, 1 iyuldan sirtqi ta’limga hujjatlar qabuli boshlandi. Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga kiritilgan qo‘shimchalar bilan sirtqi ta’limga hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, harbiy tavsiyanoma uchun 5 foizli kvota belgilangan. Sirtqiga topshirish uchun ish staji shart emas. Xoh maktabni, xoh kollej-litseyni tugatiboq, sirtqi yo‘nalishga hujjat topshirish mumkin. Ko‘pchilik buni maxsus sirtqi bilan adashtirmoqda.

Sirtqiga hujjat topshirish uchun ish joyidan tavsiyanoma ham shart emas. Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi. Abituriyentlardan pasport va diplom talab qilinadi (agar imtiyoz bo‘lsa, uni tasdiqlovchi hujjat). Kirish imtihonlari har yili 16 avgustdan 25 avgustgacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi. Imtihonlari kamida 3 ta fandan muayyan ta’lim yo‘nalishida o‘qitish tilida o‘tkaziladi. Imtihonlar test yoki kasbiy (ijodiy) va yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi. Qaysi OTMda test bo‘ladi, qaysi birida ijodiy imtihon bo‘ladi, bunisi Davlat qabul komissiyasi tomonidan oldindan tasdiqlanadi.

Test sinovi DTM tomonidan katta pavilonlarda o‘tkaziladi, kasbiy (ijodiy) va yozma imtihonlar esa OTMning o‘zida bo‘ladi. Sirtqi ta’lim shakliga ham barcha imtiyozlar o‘tadi (harbiy tavsiyanoma olganlarga, nogironligi bo‘lganlarga, harbiylarning farzandlariga ajratiladigan alohida kvotalar, chet tili sertifikatlari va h.k.).

Sirtqi ta’limda ham uchta yo‘nalishni tanlasa bo‘ladi, faqat uchala yo‘nalish ham sirtqi bo‘lishi shart. Kirish imtihonlari topshiriqlari umumiy o‘rta (11-sinf negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi fanlarining o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi. Sport fanlari bo‘yicha imtihonlar topshiriqlari abituriyentlarning alohida toifalari uchun (jinsi va yoshi bo‘yicha) belgilangan me’yoriy talablarga muvofiq tuziladi (masalan, 18 yoshli abituriyentning normativ talabi bilan 40 yoshli abituriyentga qo‘yilgan talab farq qiladi).

29 avgustga qadar imtihon natijalari e’lon qilinadi va abituriyentlarni talabalikka tavsiya etish to‘g‘risida OTM rektorining buyrug‘i chiqariladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 216
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 70
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 107
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar