“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:08
ЎЗO‘Z

Jizzaxda fuqaro ukasini operatsiya qilgan xirurgni qasddan pichoqladi

29 iyun, 23:54 5 326 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jizzaxda fuqaro ukasini operatsiya qilgan xirurgni qasddan pichoqladi 2019 yil 29 iyun kuni soat 10-30larda fuqaro J.K. Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi xirurgiya bo‘limiga kelib, bo‘lim mudiri T.H. uning 2005 yilda tug‘ilgan ukasi Q.J.ni 26.06.2019 yil kuni «exinokok» tashxisi bilan operatsiya qilishi natijasida ukasi vafot etganligi sababli uni qasddan o‘ldirish maqsadida o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan T.H.ning hayoti uchun muhim organlari ko‘kragiga va qorin qismiga bir necha marta pichoq bilan urib tan jarohati yetkazgan vaqtida bo‘lim shifokori B.G‘. ularni ajratib qolishi natijasida J.Q. jinoiy maqsadini oxiriga yetkaza olmasdan voqea joyidan qochib ketgan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Fuqaro T.H.ga shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishi natijasida uning hayoti saqlanib qolingan.

Voqea joyiga viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari, shahar prokurori, viloyat IIB boshlig‘i, shahar IIO FMB boshlig‘i va boshqa tezkor xodimlar chiqishgan.

Tezkor qidiruv chora-tadbirlar natijasida J.Q. Zafarobod tumani, «Uzun» qishlog‘ida ushlanib, qo‘lidagi oshxona pichog‘i ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan 29.06.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 27
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 113
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 46
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar