“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 00:23
ЎЗO‘Z

Prezident farmoni «paynetchilar» masalasini hal etdi

28 iyun, 23:26 4 965 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident farmoni «paynetchilar» masalasini hal etdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.

Hujjatga muvofiq, 2019 yil 1 avgustdan boshlab kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilishdan olgan tushumi 100 million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat haqi summasidan 25 foiz stavkada yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tadi.

Masalan, barcha tushumi 100 million so‘mdan ortgan «paynetchilar» ko‘rsatilgan xizmat uchun realizatsiya qilingan summaning 2,5 foizi miqdorida haq oladi. Shunga qaramay, ular yakka turdagi tadbirkor sifatida barcha tushumning 4 foizi miqdorida soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelayotgandi.

Prezident farmoni bilan ushbu masalaga yechim taklif etildi: endilikda ta’kidlangan toifadagi tadbirkorlar realizatsiya qilingan summadan (2,5 foizli haq) chorak qismini soliq sifatida to‘laydi.

Shuning bilan bir qator masalalar ham hal etildi. Xususan, 4,5 mingga yaqin telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar ish o‘rnini barqaror saqlab qoladi. Bundan tashqari, soliq to‘lovchi tadbirkorlar onlayn pul o‘tkazmalar orqali xizmat ko‘rsatish, bir vaqtning o‘zida xufiyona iqtisodiyotga qochmaydi.

Ma’lumot uchun, 2018 yilda telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlari tomonidan 7 milliard so‘mga teng summa realizatsiya qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 30
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 178
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 244
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 16
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 22
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 50
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 83
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar