“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:14
ЎЗO‘Z

Adliya vazirligi jurnalistlarga bosim o‘tkazganlik uchun javobgarlik belgilamoqchi

28 iyun, 21:45 3 060 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Adliya vazirligi jurnalistlarga bosim o‘tkazganlik uchun javobgarlik belgilamoqchi Bugun, 28 iyun kuni Adliya vazirligi tomonidan «Media-savodxonlik va fake-news» mavzusida jurnalistlar uchun seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev, Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Ilhom Abdullayev, jurnalistlar, blogerlar, soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Axborot tarqatish huquqi va mas’uliyati, yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik masalalari muhokama qilingan seminarda kuni kecha qabul qilingan «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarorida tilga olingan vazifalar ham e’tibor markazida bo‘ldi.

Xususan, qarorda aytilgan «ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ma’lumot taqdim etmaganlik yoki noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etganlik, shuningdek, ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik va jurnalistlarga bosim o‘tkazganlik uchun javobgarlikni belgilash to‘g‘risida takliflar kiritsin» degan band yuzasidan seminarga yig‘ilganlarning mulohazalari tinglandi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev ushbu masala yuzasidan quyidagicha bayonot berdi: «Prezident qaroriga asosan Adliya vazirligi tomonidan jurnalistlarga ma’lumot taqdim etmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish, shuningdek, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilish va jurnalistlarga bosim o‘tkazganligi uchun davlat organlarining javobgarligi masalasini qonunchilikka kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bunda, biz birinchi navbatda, professional qatlam, ya’ni jurnalist va blogerlardan tegishli takliflarni kutib qolamiz».




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 226
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 187
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 247
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 263
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar