“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:55
ЎЗO‘Z

«Doktor, davolamasangiz ham mayli...» Shifokor yozgan tashxis ma’nosini tushundingizmi?

28 iyun, 20:00 4 060 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Doktor, davolamasangiz ham mayli...» Shifokor yozgan tashxis ma’nosini tushundingizmi? Foto: facebook.com
«Facebook» foydalanuvchilaridan biri Oltiariq tuman poliklinikasida shifokor tomonidan yozilgan tashxis nusxasini e’lon qildi. Yozuvni o‘qishning deyarli imkoni yo‘q, qolaversa, muammo faqat bunda ham emas... Quyida mazkur holat haqida o‘qib o‘zingiz xulosa qiling:

— Bu postni yozaymi, yozmaymi deb ko‘p o‘ylandim, — deydi Saida Ibodinova ismli foydalanuvchi. — Lekin yozishga qaror qildim. Oyligini oshirishni, imtiyozlarini ko‘paytirishni talab qilayotgan ayrim shifokorlarga e’tirozim bor. 20 daqiqa, boringki 10 daqiqa oldin tushlikka chiqib, yana shuncha vaqt kech qolib kelib, davlatdan oylik olishga haqqingiz bormi?

Hamshirangizdan «tushlik vaqti nechchidan nechchigacha, yosh bola bilan turibmiz, bola kichkina, sabr qilishni bilmaydi» desak, tilidan zahar tomishiga haqqi bormi? Yoki bizning hamshirangizdan oddiy ma’lumotlarni so‘rab olishga haqqimiz yo‘qmi?

Siz keldingiz. Tushlikdan keliboq dag‘dag‘a bilan kirishga buyurdingiz. Ammo ko‘zimni tekshirib ham qo‘ymasdan daftarga bir narsalarni yozdingiz. Daftarga nima yozganingizni faqat iyeroglifchilar o‘qiy olsa kerak. Men nima uchun shuncha kutganimni tushunmadim.

Oltiariq tuman poliklinikasida tozalik — nol, xizmat — nol, muomala — nol.

Ma’lumot uchun, men ko‘z shifokoriga bordim. Ammo oftalmologmi, okulistmi bilolmadim. Yozilmabdi. Ish vaqti, tushlik vaqti yozilmagan. Xona tepasiga ilinmagan. Hech qayerda bu haqida ma’lumot qo‘yilmagan. Dilim og‘ridi.

Menku o‘z haqqimni bilaman. Juda ko‘zim ko‘r bo‘lib qolmasin desam, xususiy shifoxonaga boraman. Lekin shu yerning aholisichi?

Mayli, endi boshqa kelmasligim aniq. Nima bo‘lsa ham. Xullas yuqoridagi shifokor tashxisini (o‘zim lekin aniq bilmayman nimaligini, tashxismi yo boshqa narsami u) o‘qiy olsangiz o‘qib bering! Iltimos! Nima deb yozilgan? — deb yozadi u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 53
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 144
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 265
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 0
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 0
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Bo‘limlar