“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 17:32
ЎЗO‘Z

Jahongir Ortiqxo‘jayev noqonuniy daraxt kesuvchilarni tutib oldi

26 iyun, 16:35 3 835 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahongir Ortiqxo‘jayev noqonuniy daraxt kesuvchilarni tutib oldi Shahar hokimining kun tartibi tig‘iz. Shunga qaramay hokim har kuni kechki payt Toshkentni aylanib, poytaxt hayoti, muhitini o‘rganadi, kuzatadi, deya xabar beradi shahar hokimligi matbuot xizmati.

25 iyundan 26 iyunga o‘tar kechasidagi kuzatuv davomida Alisher Navoiy shoh ko‘chasidan o‘tar ekan, «Turkiston» san’at saroyining old tomonida daraxtlar kesilayotganiga guvoh bo‘ldi.

Hokim ushbu noqonuniy harakat bo‘yicha izoh so‘raganida, «tabiat kushandalari» diametri 70-80 santimetr bo‘lgan 20 ta daraxtni kesish uchun «Yagona oyna» davlat xizmatlari markazidan 61 ming so‘m evaziga ruxsat olganlarini ma’lum qilishdi. Voqea joyiga tezlik bilan Yunusobod tuman hokimligi, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, IIBB va prokuratura mutasaddilari chaqirildi.

Ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushbu noqonuniy harakatga aloqador guruh qo‘lga olingan. Prokratura nazoratida sog‘lom daraxtlarni kesish bo‘yicha aniqlangan holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tekshiruv natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Ushbu holat sabab biz hamshaharlarimizga yana bir bora murojaat qilib, agar shunday vaziyatlarga guvoh bo‘lsalar, daraxtlar kesib bo‘linganidan so‘ng emas, mazkur ishga tayyorgarlikni sezishgan zahoti 102 raqami orqali IIBBga va Toshkent shahar hokimligining 71 210 01 63 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘ragan bo‘lardik.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 0
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 0
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 252
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 82
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 0
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 0
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 0
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 43
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Bo‘limlar