“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 21 2024, 06:02
ЎЗO‘Z

YPX xodimlari huquqbuzarligini «fosh etish» taqiqlanishi mumkin

26 iyun, 06:35 3 547 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
YPX xodimlari huquqbuzarligini «fosh etish» taqiqlanishi mumkin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori loyihasida YPX xodimlari bilan o‘zaro munosabat qayd qilingan ma’lumotlarni internetga ruxsatsiz yuklashni taqiqlash taklif etilgan.

Qaror loyihasida «o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilgan yo‘l harakati qatnashchilariga ushbu ma’lumotlarni Internet jahon axborot tarmog‘iga o‘zining ruxsatisiz tarqatishi mumkin emasligini tushuntirish» va «o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga YPX xodimi bilan o‘zaro munosabati qayd qilingan ma’lumotlarni Internet jahon axborot tarmog‘iga ruxsatsiz joylashtirmaslik» kabi jumlalar bilan to‘ldirish taklif etilgan.

Qayd etish kerakki, internetda YPX xodimi huquqbuzarligi aks etgan ko‘plab videolar tarqatilgan bo‘lib, so‘nggi paytda huquq-tartibot organlari bunga tegishli munosabat bildirib kelayotgandi.

Vazirlar Mahkamasining ayni qaror loyihasida YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatlar qayd etilgan video/ma’lumotlarni internetda e’lon qilish uchun qanday va kimdan ruxsat olishiga aniqlik kiritilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 29-moddasiga ko‘ra, har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kimning o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqi kafolatlangan, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.

Shunga qaramay, YPX xodimi ishtirokidagi turli video/ma’lumotlarni internetda tarqatish qonun bilan taqiqlanmagan. Qabul qilinadigan qonun hujjatlari esa o‘zidan yuqori turuvchi normativ hujjatlarga zid kelmasligi kerak.

Bundan tashqari, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri — jamoatchilik nazorati mexanizmi sifatida shaxslar qonunda belgilangan tartibda vakolatli shaxslarning huquqbuzarlik yo salbiy harakatini tanqid qilish haqiga ega.
Alisher Ro‘zioxunov




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi 20 sen, 21:47 12
  • Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi 20 sen, 21:00 21
  • Ona duosini olmagan kishining nadomatlari (Hayotiy hikoya) 20 sen, 20:30 17
  • Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi 20 sen, 20:05 9
  • Ikki murg‘ak qalb onasi bilan uyga kiritildi 20 sen, 18:00 16
  • M25 konida halok bo‘lganlarning yaqinlari: “Yigitlarni o‘limning og‘ziga olib borishgan” 20 sen, 17:30 51
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron Haniyaning o‘limi uchun Isroilga tez orada javob berishga va’da berdi 20 sen, 23:34 16
  • Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin 20 sen, 23:19 13
  • Xose Venansio Lopes: "Ropiyevning qizil kartochkasi barchasini o‘zgartirib yubordi. Men shartnomamni shu yerda yakunlayman" 20 sen, 23:12 14
  • Sergey Lushchan: "O‘yinimiz "nol". Hujumga deyarli o‘ta olmadik" 20 sen, 22:54 7
  • Zelenskiy: Ikkinchi tinchlik sammiti urushga chek qo‘yishi kerak 20 sen, 22:30 7
  • Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi 20 sen, 22:08 9
  • Futzal. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi 20 sen, 22:03 7
  • O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi 20 sen, 21:47 12
  • Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi 20 sen, 21:23 14
  • Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi 20 sen, 21:00 21
  • Ona duosini olmagan kishining nadomatlari (Hayotiy hikoya) 20 sen, 20:30 17
  • Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi 20 sen, 20:05 9
  • Bo‘limlar