“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 14:04
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston OAVni amalda haqiqiy to‘rtinchi hokimiyatga aylantirish yo‘lida

26 iyun, 00:23 2 827 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston OAVni amalda haqiqiy to‘rtinchi hokimiyatga aylantirish yo‘lida Foto: Facebook/Komil Allamjonov
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi jamoasining Avstriyaga ishchi tashrifi doirasida YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda agentlik direktori Komil Allamjonov feysbukdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, muloqot davomida O‘zbekistondagi islohotlar yo‘nalishi va ko‘lami, jumladan, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish va so‘z erkinligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar batafsil muhokama qilindi.

“YeXHT vakiliga O‘zbekistonda axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi so‘nggi jiddiy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, davlat rahbari tomonidan mamlakatimizda so‘z erkinligi va OAV rivojiga alohida e’tibor qaratilayotgani hamda O‘zbekiston OAVni amalda haqiqiy to‘rtinchi hokimiyatga aylantirish yo‘lida ekani bildirildi”, deb yozadi Allamjonov.

Allamjonovning ma’lum qilishicha, Arlem Dezir xorij axborot resurslariga kirishdagi texnik muammolar bartaraf etilganidan mamnunligini izhor qildi. U shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni va ularning natijalarini katta qiziqish bilan kuzatib borayotgani hamda bu jarayonlarni yuqori baholashini ta’kidladi.

“U keng ko‘lamli o‘zgarishlarga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kuchli siyosiy irodasi tufayli erishilgani va bu islohotlar nafaqat davlat organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlashga, balki mazkur sa’y-harakatlarning natijasi butun mintaqadagi holatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonch bildirdi”, deya ta’kidlaydi Komil Allamjonov.

Suhbat davomida O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan mahalliy va xorij jurnalistlarining mamlakat qonunlari hamda xalqaro etika me’yorlari, standartlariga rioya etishi masalalari ham muhokama qilindi.

Foto: Facebook/Komil Allamjonov
Ta’kidlanishicha, ijtimoiy va maishiy masalalarga qasddan siyosiy tus berish, yolg‘on yo‘li bilan va faktlarni tekshirmasdan noto‘g‘ri ma’lumotlarni uzatadigan “Ozodlik” radiosining o‘zbek xizmati xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tanqidga qarshi emasligi, biroq tanqid asosli, xolis va jurnalistik faoliyat mezonlari buzilmagan holda bo‘lishi kerakligi yana bir bor ta’kidlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 72
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 84
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 92
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 60
  • Bo‘limlar