“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 21:41
ЎЗO‘Z

Samarqand viloyat pochtasining katta pora bilan ushlangan sobiq rahbari 12 yilga qamaldi

21 iyun, 23:27 3 288 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqand viloyat pochtasining katta pora bilan ushlangan sobiq rahbari 12 yilga qamaldi «O‘zbekiston pochtasi» AJ Samarqand filiali sobiq direktori Sherali​ Umarov yuqori turuvchi rahbarlarga va o‘ziga jami 100 ming AQSh dollari berishini talab qilib, shundan 40 ming AQSh dollarini 2018 yil 22 sentyabr kuni o‘z xizmat xonasida firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi raisi o‘rinbosari O‘.Mamadaliyevning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, mazkur jinoyat bo‘yicha Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2019 yil 14 fevraldagi hukmiga ko‘ra, Sh.Umarovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-, 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilib, eng kam oylik ish haqining 200 baravari, ya’ni 36.860.000 so‘m miqdorida jarima jazosi, Jinoyat kodeksining 28-, 211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan Jinoyat kodeksining 45-moddasini qo‘llab, 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

2019 yil 18 iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi kassatsiya instansiyasi sudlov hay’atining ochiq sud majlisida, raislik qiluvchi viloyat sudining sudyasi B.Aliqulov, hay’at sudyalari M.To‘xtayev va I.Hamidovdan iborat tarkibda Sh.Umarovga nisbatan chiqarilgan hukmi ustidan keltirilgan kassatsiya shikoyatiga asosan jinoyat ishini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqildi.

Sudlov hay’ati shikoyatdagi vajlar sud hukmini o‘zgartirish yoki bekor qilishga asos bo‘la olmasligi sababli, sud hukmini o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 50
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 49
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 31
  • So'nggi yangiliklar
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 27
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Bo‘limlar