“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:20
ЎЗO‘Z

Elmira Bositxonova Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi

20 iyun, 22:28 4 896 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Elmira Bositxonova Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bositxonova Elmira Irkinovna Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi.

«Yuksalish» harakatining telegramdagi kanalida xabar qilinishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar bosh vazir tomonidan kiritilgan Bosh vazir o‘rinbosari nomzodini tasdiqlashdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bositxonova Elmira Irkinovnani Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga ma’qullash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bositxonova bu lavozimda Bosh vazir o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva o‘rnini egalladi.

Elmira Bositxonova 1958 yilda tug‘ilgan, 1981 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining «davolash ishi» yo‘nalishini tamomlagan. 1981-2011 yillarda shifokor-intern, anesteziolog-reanimatolog, bo‘lim boshlig‘i, Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi bosh shifokori.

U 2011-2016 yillarda ham Xotin-qizlar qo‘mitasiga rahbarlik qilgan, 2016 yilning 12 dekabridan buyon Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Tanzila Kamalovna Norboyeva 2016 yilning 14 dekabrida Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ish boshlagandi. U 2018 yil dekabrida ushbu lavozimga yaqin besh yil uchun qayta saylangan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 1 apreldan Prezident Vazirlar Mahkamasi a’zolarini bosh vazir taqdim etgan nomzod Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanganidan so‘ng tasdiqlashini nazarda tutuvchi tartib joriy etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 65
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 101
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 292
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar