“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:20
ЎЗO‘Z

Toshkent viloyatida O‘zbekistondagi birinchi «Turizm qishlog‘i» tashkil etilmoqda

20 iyun, 21:17 3 738 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent viloyatida O‘zbekistondagi birinchi «Turizm qishlog‘i» tashkil etilmoqda Foto: «Xalq so‘zi»
Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi so‘lim «Kumushkon» MFY hududida O‘zbekistonda birinchi «Turizm qishlog‘i»ni tashkil etishga doir loyiha ijrosiga kirishildi, bu haqda «Xalq so‘zi» xabar qiladi.

Loyihaga ko‘ra, mazkur hududda 50 ta mehmon uyi, 20 xonadon negizida etnoqishloq, 20 xonadonni o‘z ichiga oluvchi milliy taomlar qishlog‘i, 15 xonadonni qamrab olgan hunarmandlar qishlog‘i, 10 xonadon jalb qilingan holda, san’atkorlar qishlog‘i va 20 xonadonda agroturizm qishlog‘ini yaratish ko‘zda tutilgan.

Foto: «Xalq so‘zi»
Bulardan tashqari, bu yerda zamonaviy mehmonxona, xalq kutubxonasi, yoshlar ijodiyot markazi, xalq o‘yinlari va sport namoyishlari maydonchasi, o‘tovlar shaharchasi, turizm axborot markazlari, hunarmandchilik mahsulotlari do‘koni, sayyohlar uchun tibbiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, sun’iy sharsharalar hamda 7 ta mavsumiy dam olish maskani tashkil qilinadi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Rustam Xolmatovning aytishicha, mazkur loyiha doirasida 450 ta yangi ish o‘rni ochiladi, sayyohlar soni yiliga 250 ming (xorijiy sayyohlar 60 ming) nafarga yetkaziladi. Turizm xizmatlari hajmi esa 50 milliard so‘mga yetkaziladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Aqqulov «Turizm qishlog‘i»ning infratuzilma ob’ektlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda qo‘mita tomonidan yaqindan ko‘mak berilishini, turizmning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqilishini ma’lum qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 47
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 217
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar