“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:23
ЎЗO‘Z

Hokimga chora ko‘rildimi? MIB mutasaddisi izoh berdi

19 iyun, 19:43 3 810 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hokimga chora ko‘rildimi? MIB mutasaddisi izoh berdi Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida OAV xodimlari uchun navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi. Bu safargi tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbar xodimlarining o‘tgan besh oy davomida tizimda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.

Tadbirning kirish qismi tugab, savol-javobga o‘tilishi hamono quyidagi so‘rov tashlandi. Ya’niki, yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda ovozi Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevniki deyilgan audioyozuv tarqalib, unda amaldor MIB Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘iga ochiqdan ochiq «ichangni sug‘urib, boshingga salla qilvoraman!» mazmunida tahdid qilgani anglashiladi.

Oddiy fuqaro MIB xodimi talabiga bo‘ysunmasa yoki qarshilik qilsa, haqli ravishda javobgarlikka tortiladi. Viloyat hokimiga-chi? U ko‘pchilik oldida MIBning mas’uliga nisbatan mahalliychilik qilib (MIB viloyat boshqarmasi rahbarini «Toshkent shahri fuqarosi» deydi), kamiga haqoratomuz tahdidiga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanildimi?

Majburiy byuro ijrosi direktorining o‘rinbosari Sodiqjon Berdialiyevning javobi quyidagicha bo‘ldi: «Biz viloyat hokimi bilan bog‘lanib, kerakli ma’lumot taqdim etdik. G‘aniyev internetda eski gaplar chiqib ketgani, hozirda byuroning viloyatdagi rahbari bilan munosabatlari yaxshi ekanini aytdi. Biz bu borada hokimga chora ko‘rish bo‘yicha hech qayerga murojaat qilmaganmiz. Shu jumladan, Farg‘ona viloyati MIB boshlig‘i ham da’vo qilgani yo‘q...»

Da’vo yo‘q ekan, demak, hokim uchun muammo ham yo‘q.

Ikki yil avval Farg‘ona viloyati hokimi katta majlisda toshloqliklarni yoppasiga «haromi» deb so‘kkan edi. O‘shandayam amaldorga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanmagandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 93
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 43
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar