“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 21:47
ЎЗO‘Z

Xonobodda harbiy qismning 70 yilligi nishonlandi (foto)

19 iyun, 16:09 6 159 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xonobodda harbiy qismning 70 yilligi nishonlandi (foto) 18 iyun kuni Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qo‘shinlariga qarashli Qashqardaryo viloyatida joylashgan harbiy qism tashkil etilganining 70 yilligi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Marosimda Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Ahmad Burxonov, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Zaynobiddin Iminov, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev, mazkur harbiy qismning sobiq harbiy xizmatchisi Rossiya Federatsiyasidan kelgan mehmon, zaxiradagi polkovnik Valeriy Goldishev, zaxiradagi polkovnik Aleksandr Xarlamov boshchiligidagi faxriylar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Tantanali marosimda so‘z olganlar mazkur harbiy qism yetishtirib bergan uchuvchilarning Qurolli Kuchlarimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, ular yaratgan maktab, ustoz-shogirdlik an’analarining bugungi kunda yangi bosqichga ko‘tarilgani, qolaversa O‘zbekiston prezidenti tomonidan harbiy uchuvchilarga ko‘rsatilgan yuksak e’tiborning soha vakillari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Shundan so‘ng, armiyamizning Mig-29, Su-25 kabi qiruvchi samolyotlarining samodagi «raqsi» barchani hayratlantirdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini harbiy qism bilan tanishtirish maqsadida marosim dasturidan o‘rin olgan Qashqadaryo qadriyatlarini namoyish etuvchi baddiy ko‘rgazmalar hamda «ochiq eshiklar kuni», ayniqsa, bolajonlarda unutilmas taassurot qoldirib, ular qalbida harbiy-vatanparvarlik hissini yanada jo‘sh urdirdi; ko‘ngillarida kelgusida harbiy uchuvchi bo‘lish maqsadini paydo etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Shu kuni ochiq osmon ostida tashkil etilgan qiruvchi samolyotlar maketlari hamda harbiy uchuvchi haykali siymosi aks etgan muzeyning ochilish marosimi yetmish harbiy qismning yetmish yillik to‘yiga to‘yona bo‘ldi.

Tadbir davomida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda mahallik xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga xushnudlik ulashdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 60
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 143
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 151
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 269
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 3
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 35
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 22
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 95
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 113
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 38
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 147
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 60
  • Bo‘limlar