“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:21
ЎЗO‘Z

Yuliy Yusupov: "Korrupsiyani keltirib chiqaradigan omillar bilan kurashishni o‘rganing"

19 iyun, 12:42 2 860 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yuliy Yusupov: "Korrupsiyani keltirib chiqaradigan omillar bilan kurashishni o‘rganing" Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab bergan edi. Uning fikricha, korrupsionerlarga qarshi o‘lim jazosini joriy etish doim ham samara bermaydi. «O‘lim jazosi — masalaning yechimi emas».

Iqtisodchi Yuliy Yusupov bu boradagi fikrlari bilan o‘zining Facebook’dagi sahifasida bo‘lishdi deb yozadi Daryo nashri.

Bir paytlar kuch tuzilmasining vakili bosim o‘tkazish va qatl etish foyda keltirmasligini aytgan edi. Va u to‘g‘ri so‘zlagan. Korrupsiyaga qarshi kurashishda uning omillarini bartaraf etish kerak (amaldorlar nimagadir ruxsat berishi yoki taqiqlashi mumkin bo‘lgan qoidani). Uni faqatgina shu yo‘sinda yengish mumkin.

Xususan, barcha muammoni yechish yo‘lida doim vaziyatni murakkablashtirishni istaydigan kuch tuzilmalari vakillarining o‘zi ham yorqin misol bo‘la oladi. Valyuta taqsimoti sektori uzoq yillar davomida O‘zbekistonda korrupsiyaga botgan soha bo‘lib kelgan. O‘zlarining tanishlari uchun valyutani rasmiy kursda taqsimlash yoki poraxo‘rlik orqali u yerdan milliardlab o‘g‘irlashardi (so‘mda emas). Hozir qani o‘sha og‘ilxona? U endi yo‘q. Nega? Hamma poraxo‘rlarni otib tashlashgani uchunmi? Yo‘q. Shunchaki amaldorlar tomonidan bo‘linadigan joy o‘rniga oddiy bozor yaratildi. Tamom. O‘g‘irlaydigan narsaning o‘zi qolmadi.

Janob Yo‘ldoshevning mulohazali bayonoti esa ko‘pchilikni taajjubga soldi: ‘Sizda Stalin yo‘q’, ‘barcha poraxo‘rlarni Mustaqillik maydonida otish kerak’, ‘poraxo‘rlar uchun yangi 4 ta qabriston qurish lozim’! Odamni eti junjikib ketadi. Yana biroz kutsang, amaldorlarni qanday qilib qatl etish borasida bahs-munozara boshlanib ketadi.

Odamlar, muammoning sabablari bilan kurashishni o‘rganinglar endi!

Yuliy Yusupov, iqtisodchi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 216
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 180
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 241
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 55
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 255
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar