“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 13:10
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston – AQSh biznes-forumi

22 iyun, 09:20 2 740 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston – AQSh biznes-forumi Mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan aloqalari rivojida Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan hamkorlik munosabatlari alohida o‘rin tutadi. Davlatimiz rahbarining AQShga tashrifidan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tarixida yangi sahifa ochildi. Bu jarayonda savdo-iqtisodiy aloqalar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

18 iyun kuni AQShning sertifikatlangan ilk savdo missiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil oktyabr oyida AQSh savdo vaziri Uilbur Ross bilan uchrashuvida erishilgan kelishuvlar ijrosi doirasida amalga oshirilgan bu tadbir iqtisodiy hamkorlikni yanada faollashtirish yo‘lidagi intilishlarning mantiqiy davomidir.

AQSh delegatsiyasining tashrifi doirasida O‘zbekiston – AQSh biznes-forumi tashkil etildi. Unda mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralari, savdo, moliya, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar rahbarlari, biznes doiralar vakillari, shuningdek, AQShning 13 ta yirik kompaniyasi mas’ullari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov, Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov va boshqalar o‘zaro hamkorlik ko‘p qirrali ahamiyat kasb etishini, mamlakatimizda ishbilarmonlar uchun yaratilayotgan qulay biznes muhiti boshqa xorijiy kompaniyalar qatori amerikalik investorlarda ham katta qiziqish uyg‘otayotganini ta’kidladi.

Mehmonlar O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni yuqori baholadi.

Tadbirda mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyati, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, o‘zaro savdoni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni moliyalashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston va AQShning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Forum transport, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ta’lim, energetika kabi qator sohalar bo‘yicha tashkil etiladigan uchrashuvlar va muloqotlar tarzida davom etadi.
G‘ayrat XONNAZAROV




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 65
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 1
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Bo‘limlar