“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 10:40
ЎЗO‘Z

Korrupsiyaga qarshi kurashda «Xitoy usuli» qo‘llansa-chi?

18 iyun, 09:34 4 901 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Korrupsiyaga qarshi kurashda «Xitoy usuli» qo‘llansa-chi? Foto: «Xabar.uz»
Kecha, 17 iyun kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev va bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova ishtirokida jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda asosiy gap so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida bo‘ldi. Bu illatga qarshi kurashishda «Xitoy usulini» (bu davlatda korrupsion jinoyatlar uchun o‘lim jazosi beriladi) qo‘llash xususidagi savolga Erkin Yo‘ldoshev quyidagicha javob berdi:

«Jinoyat qonunchiligiga korrupsion jinoyatlar uchun favqulotda jazo sifatida o‘lim jazosini belgilash bilan korrupsiya holatlariga to‘liq barham berib bo‘lmaydi. Xitoyda qanday jazo berilishi bu shu davlatning ichki ishi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunchiligi insonparvarlik tamoyili bilan alohida ajralib turadi. Bizning qonunchiligimizda ham o‘lim jazosi qo‘llash bor edi. Qonunlarni qullashning uzoq yillik tajribasidan kelib chiqib, bunday qatiqqo‘llik shaxsni kayta tarbiyalashda yetarlicha samara bermadi. Ayrim holatlarda inson huquqlarini tuzatib bo‘lmas darajada paymol etilishiga ham olib kelgani uchun bu amaliyotdan voz kechilgan.

Jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarida azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish bo‘lmasligi kerak.

To‘g‘ri, o‘rni kelganda qattiqqo‘llik ham kerak. Korrupsiyani oldini olish ishlarida e’tiborni qaysi yo‘nalishda kuchaytirish kerak, qanday qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligi doimiy tahlil qilinib, qonunga o‘zgarishlar ham kiritilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining 14.04.2014 yildagi Qonuni bilan Jinoyat kodeksining pora berganlik (211-modda) va pora olish-berishda vositachilik qilganlik (212-modda) uchun jinoiy javobgarlik keskin kuchaytirildi. Ya’nikim, mazkur jinoyatlar «uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar toifasi»dan «o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar toifasi»ga o‘tkazilib, 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlanishi ko‘zda tutilgan.

Asosiy qoida shuki, ozodlikdan mahrum qilishdek jazo chorasi ham jinoyatlar profilaktikasi jarayonining bir-birini to‘ldiruvchi, o‘zaro bog‘liq bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib qolishi kerak».




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 43
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 2
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 43
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 43
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 158
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 143
  • Bo‘limlar