“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 12:38
ЎЗO‘Z

Yangi o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

17 iyun, 18:37 5 638 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan 2019/2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

Hujjatda ko‘rsatilishicha, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Bandlik va mehnat munosabatlari, Moliya vazirliklari bilan birgalikda vazirlik, idora, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ishtirokida 2019/2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi va ish beruvchilarning oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga bo‘lgan talabi parametrlari ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:

a) oliy ta’lim muassasalariga qabul oliy ma’lumotli kadrlarga talab yuqori bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari uchun davlat buyurtmasi asosida;

oliy ta’lim muassasalarining mavjud quvvatlari, moddiy-texnik bazasi hamda professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalari tomonidan bo‘ysunuviga ko‘ra vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda belgilanadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt, magistratura mutaxassisliklariga bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha qabul parametrlari asosida amalga oshiriladi;

b) nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining umumiy soniga nisbatan qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi, sirtqi yoki kechki ta’lim shakllaridan birida ta’lim olish huquqi beriladi;

v) to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha bosqich talabalariga, o‘z xohishlariga ko‘ra kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda to‘lash huquqi beriladi;

g) davlat buyurtmasi parametrlari doirasida oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qitishning to‘lov-kontrakt qiymati tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi o‘qitish shakli uchun belgilangan to‘lov-kontrakt qiymatidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi;

d) magistr darajasiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar qatlamini kengaytirish maqsadida magistraturaga qabul qilishda abituriyentlarning qabul bo‘yicha belgilangan turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari negizidagi magistratura mutaxassisliklaridan tashqari boshqa magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ham tanlovda ishtirok etishiga ruxsat beriladi. Bunda, alohida mutaxassisliklar va ularga muvofiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi;

ye) oliy ta’lim muassasalari rektorlariga (filiallar direktorlari) bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda chet el fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash huquqi beriladi.

2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari:

a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

kunduzgi ta’lim shakliga – 80 430 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga – 19 985 nafar;
kechki ta’lim shakliga – 1 985 nafar;

b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 7 695 nafar etib tasdiqlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 14
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 21
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 119
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 157
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 143
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 50
  • So'nggi yangiliklar
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 11
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 14
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 25
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 37
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 155
  • Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi 01 мая, 10:06 34
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 58
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 21
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 45
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 123
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 558
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 118
  • Bo‘limlar