“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:22
ЎЗO‘Z

Maktablarga nemis va fransuz tillari qaytadi

16 iyun, 15:30 5 323 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maktablarga nemis va fransuz tillari qaytadi Davlat maktablariga nemis va fransuz tillari qaytariladi va o‘quv dasturlari ixtisoslashtiriladi. Bu haqda hukumat qarori loyihasi tayyorlangan.

Bu tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning asosiy vazifasi umumiy o‘rta ta’limning davlat standartlari asosida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda nemis va fransuz tillarini chuqur o‘qitishdir.

«Oxirgi 2 yil davomida O‘zbekistonning tashqi siyosati yangi bosqichga ko‘tarilib, Fransiya va Germaniya davlatlari bilan har tomonlama hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Xususan, mamlakatimiz rahbarining Fransiya va Germaniyaga, shuningdek, Germaniya prezidentining yurtimizga tashrifi davomida imzolangan o‘zaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha shartnomalar buning yaqqol isbotidir», – deyiladi XTV axborotida.

Bu ikki tilda ta’lim qanday kuchaytiriladi?

Maktabga tajribali mahalliy va xorijiy o‘qituvchilar jalb qilinadi.
Ta’lim muassasasi o‘quvchilarni respublika va xalqaro fan olimpiadalari, tanlovlar, boshqa tadbirlarga tayyorlaydi.

2019/2020-o‘quv yilidan boshlab so‘nggi 10 yil davomida nemis va fransuz tili o‘qitilishi to‘xtatilgan yoki boshqa xorijiy tillarga almashtirilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda nemis va fransuz tillarini o‘qitish qayta yo‘lga qo‘yiladi.
Har bir hududda bittadan nemis va fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan maktablar tayanch maktab sifatida belgilanadi.

Nemis va fransuz tillariga ixtisoslashtirilgan maktablar uchun o‘quv rejasi ishlab chiqiladi.
2019/2020-o‘quv yilidan boshlab nemis va fransuz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

Nemis va fransuz tillari bo‘yicha o‘qituvchilarni qayta tayyorlash istisno tariqasida bepul amalga oshiriladi.
2019/2020-o‘quv yilidan boshqa xorijiy tillar o‘qitilayotgan ixtisoslashgan maktablarda nemis va fransuz tillari ikkinchi til sifatida joriy etiladi.

Ixtisoslashgan maktabning 11-sinf bitiruvchilariga Germaniyaning TestdAF (Test deutsch als fremdsprache) va Fransiyaning TestDElF (Diplome d’etudes en langue Francaise) diplomlari beriladi.

Hozir ahvol qanday?

Hozir nemis tili chuqurlashtirib o‘qitiladigan maktablar soni 4 tadan 9 ta yetgan. Nemis tili o‘rgatiladigan maktablar soni 54 taga ortib, jami 1677 taga, shuningdek, bu tilni o‘rganayotgan o‘quvchilar soni 14,5 mingga ortib, 355 mingga yetgan.

Fransuz tili o‘rgatiladigan maktablar esa 44 taga ortib, jami 1187 taga, fransuz tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar soni esa 7,8 mingga ortib, 234,7 mingga yetgan.
Lekin so‘nggi 10 yilda bu tillarni o‘qitadigan maktablar soni ham, o‘quvchilar soni ham kamayib borgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar