“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 10:19
ЎЗO‘Z

Qibrayda nimalar bo‘lyapti? (foto)

16 iyun, 14:13 7 437 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qibrayda nimalar bo‘lyapti? (foto) Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda «Qibray tumanida nimadir bo‘lyapti», «Hammayoqda organ xodimlari», «Reyd bo‘lsa kerak» degan ovozalar tarqaldi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, aslida tumanda xayrli tashabbus — obodonlik tadbirlari olib borilmoqda.

Qibray tumani markazida joylashgan 7 ta (Zebuniso, «Sohibkor», «Iftixor», G‘afur G‘ulom, «Shodlik», «Yangiobod» va Beruniy) mahallalarida obodonlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati
Ushbu mahallalar hududidagi 126 ta ko‘cha hamda shu ko‘chalarda joylashgan 69 ta bino, maishiy ob’ektlar, 3700 ta xonadon ro‘yxati shakllantirilib, har bir ko‘cha, ob’ektning haqiqiy holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Xususan:
«Shodlik» mahallasidagi Beruniy va «Vatanparvar» ko‘chalariga yangi asfalt qoplandi;

«Sohibkor» mahallasi «Ifor» ko‘chasida yig‘ilib qolgan chiqindilar maxsus texnika yordamida olib tashlandi va daraxtlar shox-shabbalardan tozalandi;

Zebuniso ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning oldi qismi qarovsiz, tashlandiq holga kelib qolganligi aniqlanib, bu yerda obonlashtirish ishlari tashkil etildi;

«Toshkent—Chirchiq—Chimyon»yo‘lining yon atrof qismi va yo‘l bo‘yidagi ariqlar chiqindilardan tozalandi, 12 ta yo‘l belgisi o‘rnatilib, 3 kilometrdan oshiq yo‘lga chiziqlari chizildi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati
Ushbu tadbirlarga 1500 nafardan ortiq korxona-tashkilot xodimlari va fuqarolar, maxsus texnika, yuk mashinalari va «Maxsustrans» avtomashinalari jalb etildi.

Bugungi kunda tumanda hududlarni obodonlashtirish borasidagi belgilangan tadbirlar jadal davom ettirilmoqda. Qibrayda boshlangan obodonlik ishlari viloyatning barcha shahar-tumanlarida bosqichma-bosqich olib boriladi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 15
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 44
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 55
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 55
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 150
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 169
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 16
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 24
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 40
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 15
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 20
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 22
  • “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi 08 мая, 08:47 49
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 107
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 52
  • YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi 08 мая, 08:31 41
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 136
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 280
  • Bo‘limlar