“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 03:30
ЎЗO‘Z

Tadqiqot: 66,5 foiz o‘zbekistonliklarga ko‘ra mamlakatda korrupsiya tarqalgan

15 iyun, 22:18 3 134 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tadqiqot: 66,5 foiz o‘zbekistonliklarga ko‘ra mamlakatda korrupsiya tarqalgan Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning 66 foizdan ko‘prog‘i mamlakatda korrupsiya tarqalgan, deb hisoblamoqda. So‘ralganlarning 29 foizi fikricha, O‘zbekistondagi mansabdorlarning har ikkinchisi poraxo‘rdir. Oliy Majlis yuqori palatasi raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019 yil 15 iyunda Senatda bo‘lib o‘tgan majlisda shu raqamlarni keltirib o‘tdi, deb xabar qiladi Kun.uz nashri.

Yo‘ldoshev, shuningdek Transparency International tashkilotining 2018 yil uchun e’lon qilgan «Korrupsiyani his qilish indeksi» ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning bildirishicha, O‘zbekiston mazkur indeksda 100 ballik tizimda 23 ball olgan. Bu 2017 yilgi ko‘rsatkichga qaraganda 1 ball ko‘p, biroq umumiy reytingda O‘zbekiston bir pog‘ona pastlab, 180 davlat orasida 158-o‘rinni egallagan.

Senat raisining ta’kidlashicha, «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan joriy yilda o‘tkazilgan korrupsiya bo‘yicha so‘rov natijalari ham xavotirlidir. Chunki, so‘rovda qatnashganlarning 66,5 foizi O‘zbekistonda korrupsiya singari salbiy holat tarqalgan, deb hisoblamoqda. Qariyb 17 foiz ishtirokchilar korrupsiya hamma joy va sohalarni qamrab olgan, degan fikrda bo‘lsa, so‘ralganlarning 29 foizi mansabdorlarning har ikkinchisi korrupsioner, deb hisoblaydi.

«Siz va bizni mas’ul sifatida o‘ylantiradigan yana bir ko‘rsatkich borki, u barchamizni tom ma’noda ogohlikka chaqirishi kerak. So‘rovda ishtirok etganlarning 26 foizi mamlakatda korrupsiyaga qarshi o‘tkazilayotgan kurashda ochiqlik va oshkoralik, uni ommaviy axborot vositalarida yoritish ishlari yetarli emas va bu holat korrupsiyaning asosiy sabablaridan deb hisoblaydi», — dedi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 30
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 29
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 100
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 147
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 18
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 68
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 17
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 42
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 74
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 69
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 100
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 43
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 84
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 64
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 53
  • Bo‘limlar