“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 10:27
ЎЗO‘Z

Bosh prokuror sayyor qabulidan so‘ng 38 ta sud qaroriga protest kiritildi

15 iyun, 13:00 3 455 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuror sayyor qabulidan so‘ng 38 ta sud qaroriga protest kiritildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida prokuratura organlarining joriy yil dastlabki besh oylik faoliyati yuzasidan bo‘lib o‘tgan brifingda Bosh prokuror tomonidan joylarda o‘tkazilgan sayyor qabullar va ularning natijalari xususida ham gapirildi.

Ta’kidlandiki, sayyor qabullarda o‘ttiz uch ming nafardan ko‘p fuqarolar arzi tinglanib, 13 ming nafar fuqaroning muammosi joyida hal etilgan. Sayyor qabullar davomida fuqarolarning sud qarorlaridan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatlari ko‘rib chiqilishi natijasi 38 ta «delo» bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlariga nisbatan kassatsiya va nazorat tartibida protest kiritildi. Hozirda protestlarning 26 tasi qanoatlantirilgan bo‘lib, 12 ta protest sud muhokamasida ko‘rilmoqda.

Shu o‘rinda mahkama tomonidan o‘tgan besh oyda davomida sud qarorlariga nisbatan kiritilgan protestlar haqida ikki og‘iz.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, ushbu davrda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda 259 nafar shaxs jinoyat sodir etganlikda aybsiz deb topilib, oqlangan. Shundan, 73 nafar shaxs bevosita prokuratura organlari tashabbusi bilan reabilitatsiya qilinib, ularning buzilgan huquqlari tiklangan. Prokurorlarning protestiga asosan 693 ta (165 ta apellyatsiya, 383 ta kassatsiya, 100 ta nazorat va 45 ta xususiy) noqonuniy sud qarorlari o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan.

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga 750 ta (24.631.552 so‘mlik) prokuror da’vo arizalari kiritilib, shundan 715 tasi qanoatlantirilgan, 23 tasi rad etilgan,

4 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 8 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan. Mazkur sudning apellyatsiya instansiyasida jami 1.146 ta ishlar ko‘rilgan bo‘lib, shundan 261 tasi bekor qilingan bo‘lsa, 145 tasi o‘zgartirilgan. Bu bosqichda ko‘rilgan ishlarning 85 tasi prokuror protestlari asosida bekor qilingan va o‘zgartirilgan. Kassatsiya instansiyasida 201 ta qarorlarining bekor qilingani (yoki o‘zgartirilgani) ham prokuror protestlariga bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida jami 277 ta ishlar ko‘rilgan bo‘lib, 150 tasi bekor qilingan hamda 47 tasi o‘zgartirilgan. Shundan, prokuror protestlari asosida bekor qilinganlari 12 tani tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida jami 12 ta xo‘jalik ishi ko‘rilgan bo‘lsa, ularning yarmidan ko‘prog‘i prokuror protestlari asosida bekor qilingan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning turli bosqichlarida 514 ta sud qarorlari prokuror protestlariga asosan qonunga muvofiqlashtirilgani (apellyatsiya-96, kassatsiya-392, nazorat-26) aytiladi.

Ma’muriy sudlarga fuqaro, tadbirkor va davlat manfaatlarini ko‘zlab, jami 66 ta prokuror arizalari kiritilgan. Shuningdek, ma’muriy sudlarning apellatsiya, kassatsiya, nazorat bosqichlarida prokuror protestlari asosida 369 ta sud qarori bekor qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 43
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 2
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 43
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 43
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 158
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 143
  • Bo‘limlar