“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:40
ЎЗO‘Z

Abdusamatov tomonidan ayblangan DXX xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan

15 iyun, 07:10 3 402 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Abdusamatov tomonidan ayblangan DXX xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan Foto: Kun.uz
14 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mutasaddilari ishtirokida «2019 yilning dastlabki 5 oyi mobaynida prokuratura organlari faoliyati» mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda Kun.uz muxbiri tomonidan Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov ishi bo‘yicha savol berildi: «Sobiq hokimning ayblovi bo‘yicha DXX xodimlariga jinoyat ishi ochilganmi?».

«Abdusamatov ishi yuzasidan sud o‘z hukmi bilan munosabatini berdi. Uyushtirilgani haqidagi gapni ikkinchi tomonlarning vaji sifatida qabul qilish mumkin. Buning faktini hali isbotlash kerak.

Abdusamatovga nisbatan 210-moddasi («pora olish») jinoyati alomatlari isbotini topmay, ayblovdan chiqarildi. Sud tomonidan baho berilib, ozodlikdan mahrum qilish jazosi bo‘yicha hukmning o‘zi «uyushtirilgan» degan gapni istisno etadi.

Xususiy ajrim masalasiga kelsak, o‘sha pullarni qaytarish sudning vakolatiga kiradi. Buni prokuratura nazorat qilmaydi. Hujjat qaysi tashkilot tomonidan berilsa, o‘sha organ nazorat qiladi. Ya’ni, buning axborotini suddan so‘rash to‘g‘riroq bo‘ladi. Jinoyat ishida kvalifikatsiya o‘zgardi. Sud tomonidan pora olish aybi chiqarib tashlangandan so‘ng, pora predmeti sifatida aytilayotgan 400 ming AQSh dollari oila a’zolariga topshirildi», deya prokuratura xodimlarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

1 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Yunusobod tumanining sobiq hokimi v.b. Baxtiyor Abdusamatov ishi bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tgandi.

Dastlab Baxtiyor Abdusamatov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 210-moddasida (pora olish) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan edi. Biroq Toshkent prokurori yordamchisi Sardor Ahmedov pora olish to‘g‘risidagi ayblovni bekor qilish to‘g‘risida da’vo kiritgan va undan bu modda olib tashlangandi.

Baxtiyor Abdusamatov o‘zining qo‘lga olinishi DXXning sobiq rahbarlari tomonidan uyushtirilganini taxmin qilgandi.

«Bir narsani aytishni xohlayman. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan boshlab sakkiz oy davom etgan turli harakatlar, ayniqsa tergov harakatlarigacha, — bularning barchasi «korrupsion sensatsiya» uchun qasddan Davlat xavfsizlik xizmatining ayrim sobiq rahbarlari tomonidan amalga oshirildi. Bu mening taxminim», — degandi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy axborot vositalarida hokimning pora olayotganda qo‘lga olingani to‘g‘risidagi xabarlar ushbu taxminning asosiy dalilidir.

«Kimdir yolg‘ondan shon-shuhratga ega bo‘lishni xohladi va bu ishni… Davlat xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari Jahongir Egamov, boshqarmalarning sobiq rahbarlari amalga oshirdi», — degandi Baxtiyor Abdusamatov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 30
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 178
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 244
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar