“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 17:32
ЎЗO‘Z

Sog‘liqni saqlash vazirligi «Farhod» bozorida ro‘y bergan voqeaga izoh berdi

13 iyun, 14:22 3 467 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sog‘liqni saqlash vazirligi «Farhod» bozorida ro‘y bergan voqeaga izoh berdi Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda «Farhod» dehqon bozori hududida keksa yoshli bir ayolning tobi qochgani va chaqirilgan «tez yordam» kechikib kelgani tufayli bemor shifoxonada vafot etgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ushbu holat o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2019 yil 8 iyun kuni soat 10:24 va 10:34 oralig‘ida Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi Call markaziga alohida-alohida ikkita qo‘l telefonidan qo‘ng‘iroq bo‘ladi va ulardan biri yoshi 50-60, ikkinchisi 60-70lar oralig‘ida ayolning «Farhod» dehqon bozori hududida sog‘lig‘i yomonlashganini ma’lum qiladi. Ushbu ma’lumot zudlik bilan Uchtepa tumani 4-podstansiyasiga yetkazilib, voqea joyiga «tez yordam» brigadasi jo‘natiladi. Navbatchi dispetcher vaziyatni o‘rganish maqsadida soat 10:44 larda qo‘ng‘iroq qilganida «tez yordam» manzilga yetib borib, bemorga birinchi yordam ko‘rsatayotgan bo‘ladi.

Biroq, soat 10:59 da «Farhod» bozoridan yana telefon bo‘lib «tez yordam» kutishayotganini ma’lum qilishadi. Shunda bozor hududida ikkita bemor borligi ma’lum bo‘ladi va zudlik bilan boshqa «tez yordam» brigadasi jo‘natiladi. Ammo, «tez yordam» borgunicha bemor yo‘lovchi mashinada shifoxonaga olib ketilgan ekan.

— Bozorlar, chorrahalar, jamoat joylarida biror baxtsiz hodisa ro‘y bersa yoki kimningdir tobi qochib qolsa, odatda voqeaga guvoh bo‘lgan yo‘lovchilar «tez yordam» chaqiradi. Bunday murojaatlarda ko‘pincha tez tibbiy yordamga muhtoj bemorlar bozorning yoki chorrahaning qaysi burchagida ekanligi aniq ko‘rsatilmaydi. Aksariyat hollarda telefon qilgan odam ham voqea joyidan ketib qoladi, — deydi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori Davron Sultonov. — Natijada «tez yordam» mashinasi bemorni topolmay ovora-yu sarson bo‘ladi, bemor topilguncha ancha vaqt yo‘qotiladi. Ko‘pchilik hollarda bunday chaqiriqlarda bemorlarni topish imkoniyati bo‘lmaydi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasida 179 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholiga xizmat ko‘rsatayapti. Tizimda 705 nafar shifokor va 1150 nafar o‘rta tibbiy xodimlari hamda dispetcherlar faoliyat yurityapti. Ushbu tez tibbiy yordam brigadalariga kuniga o‘rtacha 3000ga yaqin (kuz-qish mavsumlarida chaqiriqlar 4000 dan ham oshadi) chaqiriq tushadi. Ularga o‘z vaqtida borib tibbiy yordam ko‘rsatilyapti.

Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiya tarkibidagi Call-markazda ikki nafar shifokor 36 nafar o‘rta tibbiy xodim – dispetcherlar aholidan tushgan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilyapti. Ushbu tibbiyot xodimlari qo‘ng‘iroqni qabul qilish barobarida bemorning yaqinlariga birinchi yordam ko‘rsatish yo‘llarini ham uqtiradi. Zero, bemorga shoshilinch vaziyatda toki shifokor yetib kelgunicha aniq va to‘g‘ri ko‘rsatilgan birinchi yordamning inson hayotini asrashda o‘rni nihoyatda muhim.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 27
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar