“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 22:32
ЎЗO‘Z

Elektr tarmoqlari xodimi MIB inspektorini kaltaklab, yonidagi pullarini o‘g‘irlab ketdi

12 iyun, 13:30 3 610 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Elektr tarmoqlari xodimi MIB inspektorini kaltaklab, yonidagi pullarini o‘g‘irlab ketdi Majburiy ijro byurosi xodimlarining qarzdor fuqarolar tomonidan kaltaklanishi haqda tez-tez xabarlar tarqaladi. Bu safar Kattaqo‘rg‘on tumanida tuman elektr tarmoqlari xodimi Majburiy ijro byurosi inspektorini kaltaklagani haqda ma’lumot tarqaldi. Bu haqda Samarqand viloyat Majburiy ijro byurosi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Kattaqo‘rg‘on tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi Yu.N mast holatda o‘ziga tegishli «Nexia» avtomashinasida tumanning Kadan qo‘rg‘onchasidan o‘tuvchi ichki yo‘lida boshqarib ketayotganda tanish MIB inspektorini ko‘rib qolgan. MIB xodimiga o‘zini yordamchi ko‘rsatib, noqonuniy elektrga ulangan iste’molchini bilishi, istasa ko‘rsatishini aytadi.

Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish – o‘g‘irlik. MIB inspektori darrov rozi bo‘lib mashinaga o‘tiradi. Ammo chekkaroq joyga borganda mashina to‘xtaydi va elektr tarmoqlari xodimi «Mana senga noqonuniy «tochka» degancha MIB inspektoriga tashlanadi. Inspektorga bir necha musht tushirib, uning xizmat formasini yirtib ham yuboradi.

Elektr tarmoqlari xodimi shuningdek, inspektorning xizmatda foydalanib kelayotgan sumkasini, uyali telefonini, aholidan yig‘ilgan 4 mln. 800 ming so‘m naqd pullarini olib qo‘yib, hodisa joydan qochib ketadi.

Tezkor tadbirlar natijasida zo‘ravon va talonchi Yu.N. mast holatda qishloq chetidagi qabriston yonida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 119
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 88
  • So'nggi yangiliklar
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 20
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 28
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 131
  • Bo‘limlar