“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 06:13
ЎЗO‘Z

Bosh prokuratura: Toshkentdagi ommaviy zaharlanish holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

08 iyun, 19:15 3 561 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuratura: Toshkentdagi ommaviy zaharlanish holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 2019 yilning 4-7 iyun kunlari Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi jami 49 nafar fuqaro “ovqatdan toksikoinfeksiya” tashxisi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yukumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti, 2 va 5-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvda, ushbu fuqarolar shifoxonaga murojaat qilishidan avval Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasi, Sergeli tumani, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi, 7b-uy hamda Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi, 21-uyda joylashgan “Oqtepa lavash” (“Grand Azia Plus” MChJ) umumovqatlanish tarmog‘ining uchta shoxobchalarida tez tayyorlanuvchi taomlarni (“sendvich”, “lavash” va “pitssa”) iste’mol qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 07.06.2019 yilda Toshkent shahar prokurori tomonidan “Grand Azia Plus” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 36
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 39
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 185
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 0
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 185
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 36
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 72
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 75
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 111
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 52
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 328
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 86
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 156
  • Bo‘limlar