“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:53
ЎЗO‘Z

«Mana o‘zbek go‘zali». Nahotki, millatimiz qizlari shu qiyofada bo‘lsa?!

08 iyun, 18:20 10 775 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Mana o‘zbek go‘zali». Nahotki, millatimiz qizlari shu qiyofada bo‘lsa?! Qo‘g‘irchoqlar millatimizdan «so‘zlaydi». Ammo negadir o‘zbekona yasalgan qo‘g‘irchoqlardan aslo ko‘nglim to‘lmaydi. Sababi qoshlari qo‘shilgan, yuzlari oytovoqdek, ko‘zlarining ta’rifiga til ojiz!

Ayniqsa, millatimiz qiyofasi aks ettiruvchi ana shunday qo‘g‘irchoqlar Samarqand, Buxoro kabi sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan joylarda sotilishi millat kishisini yanada o‘yga toldiradi. Qani shoiru zamon bobokalonlarimizga ilhom bergan pariro‘y chehralar? Qani Qodiriy bobomiz ta’riflagan Kumush siymolar?

Bugungisi esa oshib tushdi! TVda bir qo‘g‘irchoq «ustasi» oytovoq bir tasqara qo‘g‘irchoqni yasab turib, «mana o‘zbek go‘zali tayyor bo‘ldi», deydi! Nahotki, bizning millatimiz ayollari shu qiyofada bo‘lsa?!

Qizlarim «Kukla Barbi» singari ochiq-sochiq qo‘g‘irchoqlardan ko‘ra, o‘zimizning millatimizga xos qora qosh, qora soch qo‘g‘irchoqlar o‘ynab o‘sishini xohlaganimdan doim milliy qo‘g‘irchoqlar olishga qiziqaman. Yaqinda Samarqanddan bir qo‘g‘irchoq sotib oldim. Shu atrofda bir talay sayyohlar. Hammasi qo‘g‘irchoqni yuzini ko‘rsatib, miyg‘ida kulib qo‘yishadi...
Hurmatli qo‘g‘irchoq yasovchilar, millatimiz qiyofasini yaratayotganda ming karra e’tiborli bo‘lish ijodkor sifatida burchlisizlar, shuni unutmang.

Orzugul Rustamovaning «Facebook» sahifasidan olindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 0
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 1
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 1
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 47
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar