“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:35
ЎЗO‘Z

Julian Assanj yashayotgan Ekvador elchixonasini qo‘riqlash uchun London 14 mln dollar sarfladi

04 yanv, 11:34 7 208 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Julian Assanj yashayotgan Ekvador elchixonasini qo‘riqlash uchun London 14 mln dollar sarfladi London polisiyasi 2012 yilning iyun oyidan beri WikiLeaks` sayti asoschisi Julian Assanj yashiringan Ekvador elchixonasini qo‘riqlash uchun (uning bu binodan chiqib, boshqa joyga qochib ketmasligini ta’minlash maqsadida) 13,8 mln dollar sarfladi. Bu haqida “Daily Mail“ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda, deb yozadi “Kun.uz”.

Britaniya sudi jinsiy jinoyatni amalga oshirganlikda gumon qilinayotgan Assanjni Shvesiyaga ekstradisiya qilish bo‘yicha hukm chiqargandan beri u elchixonada yashirinib, yashab kelmoqda. Ekvador hukumati Assanjga boshpana berishga qaror qildi, biroq Buyuk Britaniya o‘zining Shvesiya oldidagi burchini ado etish qarorida qat’iy turibdi. Elchixona oldida doimiy ravishda polisiyachilar navbatchilik qilishmoqda.

“Daily Mail” gazetasining yozishi bo‘yicha, elchixona oldida kun bo‘yi navbatchilikni amalga oshirayotgan uch polisiyachidan iborat naryad uchun kuniga 16,8 ming dollar mablag‘ sarflanmoqda. Skotland-Yardning bir xodimi doimiy ravishda elchixona zinalari poyida turadi, yana ikkita polisiya xodimi esa, Assanj elchixonaga tashrif buyurgan biror kimsa qiyofasida binoni tark etmasligi uchun bino atrofini aylanib yuradi.

Ma’lumot uchun, Julian Assanj maxfiy hujjatlarni chop etish uchun yaratilgan WikiLeaks` saytining asoschisi (2006) hisoblanadi. 2010 yilda ushbu sayt AQSh harbiylarining 2007 yilda Bog‘dodni vertolyotdan turib hujum uyushtirgani va 18 nafar tinch aholi vakilining o‘limiga sabab bo‘lganini tasvirlangan videomaterialni oshkor qilgan edi. Sayt o‘sha yili AQShning diplomatik xarakterdagi 250 mingga yaqin hujjatini chop etishni boshlagan.

Foto: AP Photo/ Kirsty Wigglesworth, File




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 52
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 283
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 90
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 100
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar