“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 18:58
ЎЗO‘Z

Kudbiyev: "Migrantlar mavzusi ko‘p yillar yopiq mavzu bo‘lgan"

05 iyun, 10:50 3 285 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kudbiyev: "Migrantlar mavzusi ko‘p yillar yopiq mavzu bo‘lgan" Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston fuqarolarini chet elda ishga joylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi, deb xabar qildi Sputnik.

Vazir ta’kidiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 81 ta xususiy bandlik agentligi davlat reyestriga kiritilgan, shulardan 61 tasi bevosita xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha litsenziyasini olgan.

"Oldingi yillarda chet elda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish masalasi yopiq mavzu bo‘lgan, bu haqda kam gapirilgan, ya’ni ochiq gapirishga uyalardik. Vaholanki, agar Markaziy bankdan O‘zbekiston to‘lov balansiga qaraydigan bo‘lsangiz, yiliga 5 milliard dollardan ortiq valyuta pul tushum jo‘natmalari aynan mehnat migratsiyasi hisobiga amalga oshirilganini ko‘rish mumkin. Hech qanday soha yo‘q-ki bundan ortiq bo‘lgan. Neft, gaz, noyob metallar eksportidan ham buncha mablag‘ bizga kelib tushmagan", - dedi vazir.

Kudbiyev migrantlar sohasiga katta e’tibor berish kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

"Prezidentga katta rahmat, idoramizga O‘zbekiston tarixida birinchi marta 200 milliard so‘m mablag‘ ajratib berdilar. O‘zbekiston fuqarolari chet elda mehnat faoliyat olib borayotganda, qiyin ahvolga tushib qolsalar, ularga yordam berish, qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida jamg‘arma tashkil etildi,” - deb ta’kidladi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, shu jamg‘arma hisobidan bugungi kunga kelib 3 mingga yaqin fuqarolarga Koreya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon davlatlarida yordam berilgan.

“Bu hayot, har xil vaziyatlar bo‘lishi mumkin, ish beruvchilarning noroziligi, tabiiy ofat, nohush holatlar. Shunday vaqtlarda O‘zbekiston davlati 27 yil ichida birinchi marta o‘z fuqarolarga yordam berishni boshladi. Buni ham ochiq gapirishimiz kerak”, - dedi Sherzod Kudbiyev.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga ko‘ra, 2,5 million O‘zbekiston fuqarosi chet elda mehnat faoliyat olib bormoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 0
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 24
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 8
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 44
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 111
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 0
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 3
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 33
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 46
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 24
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 8
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 55
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 44
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 111
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 46
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 83
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 90
  • Bo‘limlar