“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:07
ЎЗO‘Z

Xovoslik qiz kuppa-kunduzi o‘z qo‘shnisini tunadi

04 iyun, 09:35 3 659 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xovoslik qiz kuppa-kunduzi o‘z qo‘shnisini tunadi Foto: Google Images
Xovosda o‘g‘rilik jinoyati sodir etildi. Bu haqda Xovos tumani IIB huzuridagi TB tergovchisi leytenant Z. Primqulov xabar berib o‘tdi.

Dastlabki tergov hujjatlariga ko‘ra, 1998 yilda Xovos tumanida tug‘ilgan Hamidova Shoira (barcha ism familiyalar o‘zgartirilgan), uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj kilib, o‘g‘irlik jinoyatini quyidagi holatda qasddan sodir etgan.

Jabrlanuvchi bilan ayblanuvchi bir ko‘chada o‘zaro qo‘shni bo‘lib istiqomat qilishadi. Lobar Yunusova (jabrlanuvchi) boshqa qo‘shnisining uyiga ehson qilinayotgani sababli boradi. Buni shu yerda bo‘lgan ayblanuvchi Sh.Hamidova ko‘radi va uyga kirib ketganidan so‘ng ehson bo‘layotgan joydagi shaxslarga uyimga borib kelay deb chiqib ketib, 2019 yil 25 aprel kuni soat 13:10da o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Xovos tuman, Farxod mahallasida yashovchi fuqaro Yunusova Lobarning yashash xonadonining qo‘shimcha orqa tomondagi kirish eshigini ochib, yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kiradi.

Hamidova yashash xonadoni yotoqxonasida joylashgan shkaf ichida turgan ayollar qo‘l sumkasi ichida bo‘lgan 10 dona 100 AQSh dollarlik kupyuradagi jami 1.000 AQSh dollari, 82 dona 10.000 so‘mlik, 1 dona 5.000 so‘mlik, 10 dona 50.000 so‘mlik kupyuradagi jami 1.325.000 so‘m miqdoridagi pullarni, bir dona 2.200.000 so‘mlik tilla zanjir, bir komplekt 1.600.000 so‘mlik och yashil ko‘zli tilla uzuk-sirg‘a, bir komplekt 1.600.000 so‘mlik to‘q yashil ko‘zli tilla uzuk-sirg‘a va bir juft 300.000 so‘mlik qizil ko‘zli bolalar tilla sirg‘alarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni fuqaro Sh.Hamidova sodir etganligi aniqlanib, undan 10 dona 100 AQSh dollarlik kupyuradagi jami 1.000 AQSh dollari, olti dona 50.000 so‘mlik kupyuradagi jami 300.000 so‘m miqdoridagi pullar hamda bir dona tilla zanjir, ikki dona uzuk, uch juft sirg‘alar ashyoviy dalil sifatida olinib, bu haqida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, Sh.Hamidova o‘zining yuqoridagi uy-joy va boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj kilishda ifodalangan jinoiy xarakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «g» bandida ko‘rsatilgan jinoyatni qasddan sodir etgan.

Endilikda, Sh.Hamidova qilmishiga yarasha qonun oldida javob bermoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 37
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar