“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:46
ЎЗO‘Z

Maxsus komissiya O‘zbekistonga qaytarilgan vatandoshlar bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

02 iyun, 08:23 2 772 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maxsus komissiya O‘zbekistonga qaytarilgan vatandoshlar bo‘yicha rasmiy bayonot berdi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan muqaddas Ramazon oyida Suriya davlati hududidan O‘zbekistonga qaytarilgan 156 nafar vatandoshimizni reabilitatsiya va jamiyatga qayta moslashishlari uchun har tomonlama yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.

Ziddiyatli hududlardan vatandoshlarimizni ijtimoiy reabilitatsiya hamda sog‘lomlashtirish maqsadida Toshkent viloyati hududidagi sanatoriyda 154 nafar fuqaroga tegishli yordam ko‘rsatilib, 1 nafar fuqaro sog‘lig‘i tufayli shifoxonada davolanmoqda.

“Mehr” dasturini amalga oshirish bo‘yicha Maxsus komissiya tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra:

· Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 10 nafar vatanga qaytarilgan shaxs bilan reja asosida birma-bir suhbat olib borilgan, ularga kelgusida ishga joylashtirish va kasbga tayyorlashga oid tushuntirish ishlari olib borilgan. 45 nafariga "Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi"dan biometrik pasport rasmiylashtirish maqsadida mablag‘ ajratilmoqda.

· Adliya vazirligi tomonidan 19 ta oila bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat natijasida 36 nafar bolalarning 12 nafari O‘zbekiston hududida tug‘ilganligi aniqlanib, ularning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalaridan ko‘chirmalar olish uchun Adliya vazirligiga ma’lumot taqdim etildi. Qolgan 24 nafar bolaga Chirchiq shahar FHDYo bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar berish masalasi yechilmoqda.

· Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2 guruh tashkil etilib, 8 nafar tarbiyachi va 6 nafar psixolog tasdiqlangan dastur bo‘yicha o‘z faoliyatini boshladi. 41 nafar 3-7 yoshli bolalarga tarbiyachilar tomonidan turli xil o‘yinlar, mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

· Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktab yoshidagi bolalar ro‘yxati shakllantirildi va sinflar kesimida taqsimlandi. 37 nafar bolaga portfel va 37 to‘plam o‘quv qurollari va darsliklar tarqatildi. Psixologlar tomonidan diagnostika ishlar olib borildi va bolalar bilan rivojlantiruvchi o‘yinlar o‘tkazildi.

· Sog‘liqni saqlash vaziriligining akusher-ginekolog, jarroh va endokrinolog mutaxassislari tomonidan 3 nafardan, nevropatolog hamda bolalar ortoped travmatologi tomonidan 2 nafardan bemor, pediatr mutaxassislari tomonidan 40 nafar, stomatologlar tomonidan 153 nafar fuqaro tekshirilib, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha davolash ishlari boshlandi.

· Ayollar va bolalar “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan oyoq qiyimi bilan to‘liq ta’minlandi.

Shuningdek, 1 iyun - Xalqaro bolalar kuni bayrami munosabati bilan bolalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar, konsert dasturlari va savg‘alar berish yo‘lga qo‘yildi. Mazkur tadbirga tegishli davlat tashkilotlari vakillari va homiylar qatnashdi.

Ta’kidlash joizki, o‘tkazilayotgan tadbirlar bo‘yicha barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplanmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 0
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 39
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar