“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 22:47
ЎЗO‘Z

Moliya vazirligi: 1 iyundan svet va gazning narxi oshmaydigan bo‘ldi

30 мая, 21:33 4 437 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Moliya vazirligi: 1 iyundan svet va gazning narxi oshmaydigan bo‘ldi 2019 yilning 1 iyunidan boshlab O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazning narxi oshmaydigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi «Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida»gi №897-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil 1 iyundan boshlab tabiiy va suyultirilgan gaz va elektr energiyasi uchun narxlar oshirilishi nazarda tutilgandi. Chunonchi, maishiy iste’molchilar uchun 1 metr kub tabiiy gazning narxi hozirgi 320 so‘mdan 350 so‘mgacha, elektr energiyasining 1 kilovatti hozirgi 250 so‘mdan 280 so‘mgacha oshishi kerak edi.

«Tabiiy gaz va elektr energiyasiga belgilangan narxlar oshiriladi, lekin 1 iyundan emas. Biz narx oshirilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydik», — deyishgan Moliya vazirligidagilar.

Avvalroq, Markaziy bankdagilar fevral-mart oyidagi cho‘qqiga erishilgach, yillik inflyatsiya pasaya boshlashi, biroq iyun oyidagi elektr energiyasi va tabiiy gazga avvaldan belgilangan narx oshirilishi uning pasayishini to‘xtatuvchi omil bo‘lib xizmat qilishini aytib o‘tishgan edi.

«2019 yilda inflyatsiya sur’ati tezlashishining asosiy xatarlari iqtisodiyotda yuqori inflyatsion kutilmalarning saqlanib qolishi, QQS bo‘yicha yangi to‘lov mexanizmining joriy etilishi hisobiga alohida tovar va xizmatlar narxlarining o‘sishi, shuningdek energiya resurslari narxlari oshirilishining ikkilamchi ta’siri ko‘lamining kengayish ehtimolining mavjudligi bilan bog‘liq», — deyishgandi yanvarda MBdagilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 147
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 74
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 36
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 658
  • So'nggi yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 142
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 64
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 15
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 172
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 88
  • Bo‘limlar