“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 12:49
ЎЗO‘Z

Ekspert: O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda nima to‘sqinlik qilmoqda?

30 мая, 00:08 3 662 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ekspert: O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda nima to‘sqinlik qilmoqda? Rossiya Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy qo‘mitasi raisi Kirill Kabanov O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda to‘sqinlik qilayotgan omillarni sanab o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”da farmonni imzoladi. Farmon bilan korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi tegishli sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo‘qotish hisoblanadi. Shuningdek, farmonga asosan 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab, yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, tatbiq etiladi.

Bundan tashqari, muayyan toifadagi davlat xizmatchilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi

Rossiyalik ekspert so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston eng yuqori rasmiy darajada ushbu illatni tag-tomiri bilan yo‘qotishga faol kirishdi.

“O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashishga bo‘lgan maqsadlarini faqat olqishlash mumkin, lekin ko‘pgina omillar hozircha real natijalarga to‘sqinlik qilmoqda. Bunday mamlakatlar uchun an’anaviy oshna-og‘aynigarchilik modelidan darhol zamonaviy yondashuvga o‘tish juda qiyin.

Aslini olganda, mamlakatda biz 2000-yillar boshida Rossiyada kuzatgan jarayonlar rivojlanmoqda: sud va ma’muriy tizimdagi islohotlar, mansabdor shaxslarning javobgarligi va hokazolar. Qozog‘iston bu sohada yaxshi natijalarga erishdi. Shunday qilib, O‘zbekiston qo‘shni davlatlar tajribasini qo‘llagan holda boy berilganlarni qaytarib olishi osonroq bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas”
, - deydi Kabanov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rivojlanayotgan davlatlar allaqachon korrupsiya milliy xavfsizlikka bevosita tahdid solishini anglab yetishgan, shuning uchun bu illatga qarshi kurashish global savdo va boshqa loyihalarda ishtirok etayotgan davlatlarning umumiy vazifasidir.

Yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi ish olib borishga to‘xtaladigan bo‘lsak, Kabanov bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladi. Yosh avlod ongiga bu illatning naqadar zararli ekanligi singdirgandan so‘ng korrupsiyaga yanada samarali qarshi kurashish mumkin bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 216
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 180
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 241
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 55
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 255
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 0
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 6
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 12
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 20
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 169
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 45
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 293
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 241
  • Bo‘limlar