“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 02:41
ЎЗO‘Z

Sog‘liqni saqlash vazirligi jaziramadan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

29 мая, 19:00 2 974 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sog‘liqni saqlash vazirligi jaziramadan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi O‘lkamizga jazirama yoz fasli kirib kelmoqda. Ma’lumki, bu faslda havo harorati keskin ko‘tarilib, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shunday vaziyatlarda insonlar salqin joyda hordiq chiqarishadi, oftob urmasligi uchun turli usullarni qo‘llay boshlashadi. Xo‘sh, issiq harorat ta’siridan qanday saqlanishimiz, bu mavsumda qanday kiyinishimiz va ovqatlanishimiz lozim? Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi quyidagilarni ma’lum qildi.

Vaziyat vazirlik nazoratida
Yoz faslining boshlanishi, ayniqsa, eng issiq davr «chilla»ning kirib kelishi mamlakatimiz aholisi uchun biroz noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Boisi serquyosh o‘lkamizning ayrim hududlarida havo harorati keskin ko‘tarilib, janubiy viloyatlarda +45, +50 darajagacha yetadi.

Yurtimiz aholisi bunday anomal issiq kunlarida zarurat sezganda respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali va 180 ga yaqin tuman va shahar bo‘limlari xamda 2460 ta tez tibbiy yordam brigadalari orqali tunu kun tez, sifatli tibbiy yordam olishlari mumkin. Mazkur davolash muassasalari malakali mutaxassislar va zarur dori-darmonlar bilan yetarli miqdorda to‘liq ta’minlangan. Bundan tashqari, ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etilgan. Qolaversa, har bir tuman va shahar tibbiyot birlashmalarida «Ishonch telefon»lari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Avvalo boshni asrang!
Jazirama kunlarida, avvalo, boshni quyosh nuridan asrash muhim. Chunki bosh miyadan katta arteriya, vena qon tomirlari o‘tgan bo‘lib, kunning issiq vaqtida bosh yalang yurganda bosh qizib, butun tanada issiq qon aylanib, insonlarni oftob urishiga olib kelishi mumkin. Buning oqibatida tana haroratining ko‘tarilishi, terining qizarishi, holdan toyish, nafas olish va puls tezlashishi, yurakning tez urishi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, hushdan ketish kabi holatlar kuzatilishi mumkin.

Nima tanavvul qilgan ma’qul?
Tabiyki, issiq kunlari ko‘p miqdorda suv ichish organizm faoliyatini yaxshi ishlashga va suv-tuz balansini me’yorlashtirishga yordam beradi. Ammo bunda organizmning suv tanqisligini to‘ldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha, oddiy ichimlik suvini iste’mol qilish kerak. Shuningdek, issiq kunda yog‘li go‘sht mahsulotlar iste’molini kamaytirib, ko‘proq yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qilish maqsadga muvofiq. Qolaversa, meva va sabzavotlar ham organizmga yaxshi singib, ichki a’zolar faoliyatini normallashtirishga yordam beradi.

Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, yoz kunlarida xiyobon va ko‘cha yon atroflarida qo‘lbola usullarda tayyorlanib, iste’mol uchun chiqarilgan turli sharbat, ayron, go‘ja hamda shu turdagi mahsulotlarni xarid qilmagan ma’qul. Boisi kun davomida quyosh nuri tushib turgan hamda iste’molga yaroqlilik belgisi mavjud bo‘lmagan bu turdagi mahsulotlar salomatlik uchun o‘ta xavfli bo‘lib, turli noxush vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Qanday kiyinish kerak?
Yoz kunlari tabiiy matodan tikilgan, havoni yaxshi o‘tkazib, quyosh nurini qaytaradigan hamda keng tikilgan kiyimlarni tanlash maqsadga muvofiq. Chunki ular terini nafas olishiga imkon yaratadi hamda tana haroratining ko‘tarilib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Qolaversa, jazirama kunda bosh kiyim kiyib yurish ham maqsadga muvofiq.

Tush paytida ko‘chaga chiqmang!
Ma’lumki, quyosh nuri 12.00 dan 16.00 gacha juda ham faol holatda bo‘ladi. Shuning uchun bu vaqt oralig‘ida ko‘chaga chiqmagan ma’qul. Ammo vaziyat kelib chiqib, shu vaqt oralig‘ida tashqariga chiqishga to‘g‘ri kelsa, tananing ochiq joylarini quyosh nuridan saqlashga harakat qilish darkor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 60
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 18
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 198
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar