“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 18:23
ЎЗO‘Z

Jizzaxda Qoraxoniylar davriga oid shahar qoldiqlari topildi

29 мая, 18:03 3 458 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jizzaxda Qoraxoniylar davriga oid shahar qoldiqlari topildi Foto: «Uza.uz»
Arxeologlarimiz tomonidan Jizzax viloyati Toshbuloq yodgorligida, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda Qoraxoniylar davriga oid shahar qoldiqlari topildi.

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti tomonidan «O‘zbekiston arxeologiyasi: yutuqlar, muammolar va istiqbol» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

– Yaqin kunlarda arxeologlarimiz tomonidan Jizzax viloyati Toshbuloq yodgorligida, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda Qoraxoniylar davriga oid shahar qoldiqlari topildi, – deydi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti direktori Farhod Maqsudov. – Ushbu yodgorlik zamonaviy texnologiyalar asosida o‘rganildi. Bu ham bugungi shahar arxeologiyamiz uchun katta yutuq hisoblanadi.

Samarqand viloyati Kofirqala yodgorligida yog‘och panno qoldiqlari topilib, ta’mirlangan. Namangan viloyati Axsikent yodgorligida kazishma ob’ektlari muzeylashtirildi. Samarqandning qadimiy o‘rni Afrosiyob yodgorligidan topilgan ilk o‘rta asrlarga mansub devoriy suratlar hozirgi zamon talablari asosida ta’mirlandi.

Buxoro vohasini qadimdan o‘rab olgan voha devori – Kampir devor qoldiqlari o‘rni ochildi. Termiz shahar yodgorligida yer osti Budda ibodatxonasi va undan «stupa», buddaviy rohib haykali va ma’budlarning koldiklari topildi. Zarafshon vohasi va Amudaryo deltasida olib borilgan tadqiqotlar tufayli Kaltaminor madaniyatining rivojlanishi va uning taraqqiyot yo‘llari, xronologiyasi va yodgorliklarning geologik holatini o‘rganish bo‘yicha yangi ma’lumotlar qo‘lga kiritildi.

Mamlakatimizda qadimdan qabristonlarni obod qilish, yangi qabristonlarni tashkil etish bo‘yicha qator ishlar qilinadi. Ayrim tarixiy ob’ektlarning aksariyati qabristonlar ostida qolib ketgan.

Mamlakatimizda 3 ta Temur darvoza bor. Uni ayrim tarixchilar, jurnalistlar noto‘g‘ri talqin qilishadi. Birinchisi, Jizzax yaqinidagi «Ilon o‘tdi» darasida joylashgan. Ikkinchisi, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari orolig‘idagi Darband huduri yaqinida, uchinchisi, Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida. Tadbirda bu darvozalarning nomi OAV da to‘g‘ri talqin qilinishi kerakligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.
Dilobar MAMATOVA




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 161
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 309
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 93
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 44
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 60
  • Bo‘limlar