“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:41
ЎЗO‘Z

Farg‘onada MIB xodimi tamagirlik bilan qo‘lga tushdi

27 мая, 13:34 2 894 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farg‘onada MIB xodimi tamagirlik bilan qo‘lga tushdi Qarzdorligi bo‘lmagan fuqaroni aldab, pul undirmoqchi bo‘lgan MIB xodimi o‘tkazilgan tezkor tadbirda 600 ming so‘m bilan ushlandi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

Kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab qo‘ygan kishi nazoratchiga bemalol eshigini ochadi. Ammo ba’zida shunday holatlar ham kuzatilmoqdaki, kimlarnidir mas’uliyatsizligi bois noreal qarzdorlik paydo bo‘lib qolmoqda. Hali MIB idorasiga, hali gaz ta’minoti korxonasiga qatnab, ortiqcha bosh og‘rig‘iga uchraysiz. Bu ham mayli. Xonadoningizga kirib kelgan MIB xodimi firibgar bo‘lsa-chi?

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi energiya resurslari va suvdan foydalanish tartibini nazorat qilish sho‘’basi davlat inspektori Furqat Ahmadjonov nafs oldida o‘z burchini unutdi. U Marg‘ilon shahar «Nadirmat» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X.Oripovning yashash xonadonidagi gaz tarmog‘iga qo‘yilgan hisoblagichni ko‘zdan kechirayotib, firibgarlikka qo‘l urdi. «Biling gaz» dasturida iste’molchining qarzdorligi mavjud emasligini bilgani holda qarzi bo‘lmasada unga tabiiy gazdan 1 million 400 ming so‘m qarzdorligi borligini aytib, qarzdorlikni to‘lashni noqonuniy talab qilgan.

X.Oripov tabiiy gazdan qarzdorligi mavjud emasligini, gaz uchun to‘lovni amalga oshirmasligini bir necha marotaba ta’kidlaganiga qaramasdan MIB xodimi pulni talab qilavergandan so‘ng unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Marg‘ilon shahar bo‘limi va MIB Farg‘ona viloyati boshqarmasi ichki xavfsizlikni ta’minlash sho‘’basi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda MIBning Farg‘ona shahar bo‘limi davlat inspektori F.Axmadjonov firibgarlik bilan X.Oripovdan kimyoviy ishlov berilgan 600 ming so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Jinoyat ishlari ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sudlanuvchiga tegishli jazo tayinlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li” 28 apr, 23:33 0
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 87
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 163
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim" 28 apr, 22:53 0
  • Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? 28 apr, 22:44 0
  • Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan 28 apr, 22:20 2
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 22
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 59
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 216
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 163
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • Bo‘limlar