“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 02:47
ЎЗO‘Z

Vazir 11-sinfni bitirgan 279 ming nafar o‘quvchiga tabrik yo‘lladi

25 мая, 12:03 3 078 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vazir 11-sinfni bitirgan 279 ming nafar o‘quvchiga tabrik yo‘lladi O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov maktab bitiruvchilari, ularning ota-onalari, o‘qituvchi va murabbiylarga tabrik yo‘lladi.

“Qadrli o‘qituvchi va murabbiylar, aziz o‘quvchilar, hurmatli ota-onalar!

Mana, yana bir o‘quv yili ortda qoldi. Bugun respublikamizdagi barcha maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” yangrab, 279 ming nafar o‘quvchilarimiz 11 yillik ta’lim tizimiga qayta o‘tganimizdan keyingi ilk bitiruvchilarga aylanadilar. Ularning hayotida yangi sahifa ochilib, katta hayotga uchirma bo‘lishadi.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida Xalq ta’limi tizimida katta islohotlar davri boshlandi. Shu bilan birga, hali oldimizda bajarilishi lozim bo‘lgan ulkan vazifalar ko‘p va kelgusida ularni ham bosqichma-bosqich hal etib boramiz. Bu borada bizga yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi dasturilamal bo‘lishi, shubhasiz.

Qadrli o‘qituvchi va murabbiylar, ota-onalar!

O‘tgan o‘quv yili davomida qiyin va mas’uliyatli ishni amalga oshirdingiz — farzandlarimizga bilim berdingiz hamda ularni tarbiyaladingiz. Ayni damda o‘quvchilarimizning oldida yakuniy imtihonlar va oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlari turibdi, hech shubhasiz, ularning yutuqlarida sizlarning ham katta hissangiz bor.

Aziz bitiruvchilar!

Bugun sizlarning hayotingizda eng quvonchli kun. 11 yil mobaynida bir partada yonma-yon o‘tirgan, bir oila a’zolaridek bo‘lib qolgan sinfdoshlarning har biri ertadan boshlab o‘zining shaxsiy hayotini qurishga kirishadi. Kimdir tahsilni oliy o‘quv yurtida davom ettirsa, yana kimdir halol mehnati bilan oilasiga qanot bo‘ladi.

Qayerda bo‘lmang, maktab partasida olgan bilimlaringiz sizga qo‘l kelishiga, kelgusida ularni yanada mustahkamlab borishingizga umid qilaman. Vatanimiz rivoji uchun o‘z hissangizni qo‘shishingizga aminman.

Barchangizga sihat-salomatlik, ish va o‘qishlaringizda kattadan-katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilayman!

Maktab dargohidagi so‘nggi, mustaqil hayot yo‘lingizdagi ilk qo‘ng‘irog‘ingiz muborak bo‘lsin! Bilim olishda hamisha davom eting!” - deyiladi vazir tabrigida.

Bundan oldin, maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” faqatgina 1- va 11-sinflar ishtirokida 1 soat davomida o‘tkazilishi xabar qilingandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 30
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 29
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 100
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 147
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 18
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 68
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 17
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 42
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 74
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 69
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 100
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 43
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 84
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 64
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 53
  • Bo‘limlar