“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 06:06
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi siyosat qay darajada?

24 мая, 13:30 10 063 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi siyosat qay darajada? Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida korrupsiyaga qarshi kurash tarmog‘i kotibiyati korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul harakatlar rejasi doirasida O‘zbekistonda olib borilgan to‘rtinchi monitoring yakunlarini e’lon qildi.

23 may kuni hukumat va Oliy Majlis vakillari hamda IHTT mutaxassislari ishtirokida bo‘lib o‘tgan anjumanda mazkur monitoring xulosalariga ko‘ra mamlakatdagi antikorrupsion tizim kamchiliklari va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda:

- antikorrupsion siyosat qisqa muddatli harakatlarga asoslangan, strategik harakatlar mavjud emas;
- antikorrupsion faoliyatga daxldor bo‘lgan idoralarning joylardagi faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan;
- qonun hujjatlarida amaldagi holatni o‘rganuvchi tadqiqot ishlari va ularning xulosalari bilan bog‘liqlik yo‘q;
- korrupsiya haqida aholi fikrini o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borilyapti, lekin bu tadqiqotlarning xulosalaridan antikorrupsion faoliyatni yo‘lga qo‘yishda qanchalik foydalanilayotgani ma’lum emas;
- antikorrupsion komissiyaga jamoat vakillarini jalb etishning aniq tartibi mavjud emas;
- korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha metodologik tavsiyalar mavjud emas, bu borada har bir davlat idorasi o‘zicha alohida yondashmoqda;
- korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining kadr va moliyaviy resurslari talab darajasida emas.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda IHTT tomonidan 47ta tavsiya ishlab chiqilgan. Xususan:

- milliy antikorrupsion tizimdagi kadrlarning ixtisoslashuvi, malakasi oshirilishini ta’minlash;
- korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining ixtisoslashgan doimiy kotibiyatini tuzish;
- tizimga daxldor idoralarni malakali kadrlar va doimiy moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;
- antikorrupsion siyosatning amalga oshirilishidagi nodavlat tashkilotlarning ham rolini oshirish;
- korrupsiyaga qarshi harakatlarning natijadorligini baholab borish;
- olib borilayotgan konkret ishlar haqida aholining xabardorligini muntazam ravishda ta’minlash;
- mamlakatdagi korrupsiya holatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar xulosalaridan amalda foydalanish;
- strategik xarakterga ega bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yangi hujjat qabul qilish;
- mavjud qonun hujjatlarini vaziyatning o‘zgarishi, yangi mexanizmlarning joriy etilishidan kelib chiqqan holda yangilab borish;
- antikorrupsion siyosatni milliy, idoralar va mahalliy darajada yo‘lga qo‘yish.

Anjumanda ishtirok etgan Bosh prokuratura vakilining ma’lum qilishicha, har bir davlat idorasi o‘z faoliyatidagi korrupsiya risklarini baholashi va ularga qarshi o‘zining ichki antikorrupsion tizimini ishlab chiqishi yo‘lga qo‘yiladi.

IHTT vakili Tatyana Xavanskaning ma’lumot berishicha, oldingi raund monitoring natijalariga asosan antikorrupsion tizimni yaratish bo‘yicha berilgan 23ta tavsiyaning 10tasi qisman, 8tasi katta hajmda (lekin to‘liq emas), 3tasi to‘liq amalga oshirilgan. 2tasi esa yangi monitoring fokusi boshqa yo‘nalishga qaratilgani bois ko‘rib chiqilmagan.

Shuningdek, IHTT vakili O‘zbekistonda amaldagi Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslari xalqaro talablarga nomuvofiq ekanligini, ularni qayta ishlab chiqish zarurati mavjudligini ta’kidladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 61
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 323
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 100
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 106
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 0
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 205
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 190
  • Bo‘limlar