“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:00
ЎЗO‘Z

Uychilik fuqaroning chetga chiqish cheklovi bekor qilindi

22 мая, 12:36 3 912 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uychilik fuqaroning chetga chiqish cheklovi bekor qilindi Fuqarolik ishlari Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2010 yil 28 apreldagi sud buyrug‘iga asosan Isomiddinov Asqar bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Uychi tuman bo‘limi yurituvida bo‘lib, qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan edi. Ya’ni, aliment undirish haqidagi ijro hujjati davriy undiruv hisoblanganligi sababli aliment to‘lovchilarning xorijga chiqish huquqlari vaqtincha bekor qilinadi.

Agar voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun moddiy ta’minotni kamida besh yilligini oldindan to‘lanishi fuqaroning chetga chiqish cheklovini olib tashlash uchun sabab bo‘ladi. Buni tushungan fuqaro Isomiddinov Asqar ariza bilan Majburiy ijro byurosi Uychi tuman bo‘limiga murojaat qilib, qolgan davr aliment pullarini hisob-kitob qilishini so‘ragan. Mazkur ariza o‘rganilib, bola voyaga yetgunga qadar aliment hisob-kitob qilib berildi.

Ya’ni fuqaro A.Isamidinov farzandini ta’minoti uchun 10.1 million so‘m aliment to‘lashi lozimligi tushuntirildi. A.Isamidinov farzandlari moddiy ta’minoti uchun 10.1 mln so‘m mablag‘ni to‘lagani sababli qarzdorga qo‘llanilgan cheklov bekor qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ xujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 42/1-moddasiga asosan davlat ijrochilari tomonidan qarzdor jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash tug‘risidagi qarorini bekor qilinishi tartibi va usullari to‘g‘risida bo‘lim qidiruv inspektorlari tomonidan muntazam targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

- O‘tgan oylar mobaynida jami 24 nafar oila yarashtirildi va qarzdorlarga qo‘llanilgan cheklovlar bekor qilindi, deydi qidiruv Majburiy ijro byurosi Uychi tuman bo‘limi qidruv inspektori Abdukarim Bekmirzayev. Jumladan 16 nafar qarzdorning sudlar tomonidan bekor qilinishi natijasida chetga chiqish huquqlari qayta tiklangan bo‘lsa, 8 nafar qarzdorningalimentni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida nizomga asosan qayta tiklanishiga erishildi.

Bo‘lim tomonidan aliment bilan bog‘liq hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 46
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 62
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 123
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 329
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar