“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 07:10
ЎЗO‘Z

Shoir hofiz haqida: "Ortiq Otajonov Gulsara ayasiz bu dunyoda yasholmadilar"

20 мая, 11:03 6 481 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shoir hofiz haqida: "Ortiq Otajonov Gulsara ayasiz bu dunyoda yasholmadilar" Shoir Muhammad Ismoil 17 may kuni vafot etgan hofiz Ortiq Otajonov haqida xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

"Inson harqancha dovruqli, harqancha zabardast bo‘lmasin u bir chimdimgina mehrga hamisha zor ekan. U o‘zi tog‘day yuksalib tursada, zarracha mehrga muhtoj, zarracha mehrga ilhaq, zarracha mehr oldida bo‘yin egib turar ekan.

Turmush o‘rtog‘i Gulsara Otajonova vafot etgandan so‘ng, Ortiq Otajonovni bu dunyoda hech narsa ushlab turolmadi. Meni Gulsara chaqirayapti,- dedilar bir kun Ortiq aka. – Usiz men bu dunyoni ko‘taraolmayman. – U bilan urishardim, u bilan janjallashar edim, lekin uning uchun yashardim, uni xursand qilish uchun butun dunyoni uning oyoqlari ostiga tashlar edim. U ketdi, men uchun dunyo huvillab qoldi. Qaysi tomonga qarasam, menga uning ko‘zlari ko‘rinib turadi. Meni u chaqirayapti. Men uni yolg‘iz tashlab qo‘yolmayman!

Unday demang, Ortiq aka deb qanchalik yalinib yolvorsak ham, Ortiq aka unsiz yig‘lab yuborar edilar. Bir kuni, -Yuring, Gulsarani qabriga boramiz, Qur’on tilovat qilasiz, bir past o‘sha yerda o‘tirib qaytamiz, dedilar. Bordik. Borsak, - Gulsaraning yonida menga joy bormikin, deb qabr yoniga uzala tushib yotib oldilar. – Turing, Ortiq aka deb, qanchalik yalinib yolvorsakda, o‘krab yig‘layverdilar.

Bugun mana shunday buyuk qalb egasi, buyuk iqtidor va buyuk ovoz sohibi Ortiq Otajonov hammamizni lol qoldirgancha bu ko‘hna olamni tark etdilar.

Ming minglab odamning to‘yida xizmat qilgan, shodlik va quvonch baxsh etgan, hayotlariga zavq va surur ato etgan inson bizni indamaygina tark etmoqda. Bizdan shundoq yuzini burgancha ketib borayapti. Alvido ustoz! Otam kabi mehribonim, otam kabi g‘amxo‘rim alvido! Sizni yaxshi ko‘ramiz! Yuragimizni yulib ketdingiz, alvido! Olloh safaringizni xayrli qilsin! Bizdan Gulsara onamizga salom ayting otajon!", - deb yozgan Muhammad Ismoil.

Manba: Sputniknews-uz.com




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 47
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 43
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 126
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 158
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 96
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 59
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 109
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 113
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 143
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 68
  • Bo‘limlar