“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:28
ЎЗO‘Z

Endi murojaatlar uch pog‘onali prinsip bo‘yicha ko‘rib chiqiladi

18 мая, 10:16 3 082 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi murojaatlar uch pog‘onali prinsip bo‘yicha ko‘rib chiqiladi Foto: O‘zA
«Taraqqiyot strategiyasi» markazida Prezidentning 2019 yil 14 maydagi «Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda soha mutaxassislari mazkur hujjatning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berdi.

Farmon bilan har bir hududda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari tashkil etilib, unga bir qator vazifalar yuklatildi.

Jumladan, tadbirkorlik sub’ektlari hamda xorijiy investorlarni qabul qilish, ularning huquqlari va manfaatlariga rioya qilinishi ta’minlanadi. Tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalar ko‘rib chiqiladi. Ta’magirlik va korrupsiya holatlari bo‘yicha darhol prokuratura organlari xabardor qilinadi. Tadbirkorlarning murojaatlarini qabul qilish, umumlashtirish, monitoringini olib borish va nazorat qilish, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Endilikda tadbirkorlik sub’ektlarini hamda xorijiy investorlarni, shu jumladan, videokonferensaloqa vositasida qabul qilish, shuningdek, sayyor qabullar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. Qabul jadval bo‘yicha har kuni o‘tkaziladi.

«Murojaatlarni hal qilish «tuman (shahar) — viloyat — respublika» uch pog‘onali prinsipi bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Tadbirkorlar ishining holati to‘g‘risidagi axborot tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarida muhokama qilinadi. Ushbu axborot bo‘yicha mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitiladi. Bundan tashqari, tadbirkorlarning muammolarini hal etish uchun qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilish maqsadida samarali platforma «business.gov.uz» yagona interaktiv portali ishga tushiriladi», — deydi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Furqat Tojiyev.

Shuningdek, portalda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni avtomatik rejimda aniqlash imkonini beruvchi tadbirkorlar murojaatlarining tizimlashtirilgan yagona ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Qayd etish joizki, mazkur farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali tadbirkorlik sub’ektlari bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlash, ularning qonuniy talablarini samarali ro‘yobga chiqarish hamda muammoli masalalarni hal etish kabi ijobiy natijalarga erishiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 93
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 43
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar