“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 20:46
ЎЗO‘Z

Nazorat tadbirlari samara bermoqda

16 мая, 15:09 2 665 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nazorat tadbirlari samara bermoqda
Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan muntazam o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlariga o‘z vaqtida barham berilmoqda.

Xususan, viloyatning davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijalariga ko‘ra, joriy yilning 1 choragi davomida 1430 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.
Amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 227 nafar shaxsga nisbatan
86,8 mln. so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanilib, shundan 83,0 mln. so‘mi undiruvi ta’minlandi va 3,8 mln. so‘mi majburiy ijro byurosiga yuborilgan.

- binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni notarial tasdiqlangan shartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan 30 nafar fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1591-moddasiga asosan 30,7 mln. so‘m;
- uy-joyga doir mulk huquqini ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan 180 nafar fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 160-moddasi 2-qismiga asosan 52,7 mln. so‘m;
- daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyani soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan 17 nafar fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi 3-qismiga asosan 3,4 mln. so‘m bo‘lgan pul mablag‘lari undirildi.

Shuningdek, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismiga asosan soliq hisobotini soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmaslik holati yuzasidan 175 ta, noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi 1-qismiga asosan 41 ta, soliq to‘lovchi tomonidan byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik holati yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismiga asosan 42 ta ma’muriy bayonnomalar tuzildi va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 245-moddasi 1-qismi talablariga ko‘ra tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun ma’muriy sudlarga yuborilgan.

Ta’kidlash kerakki, may oyining o‘tgan 15 kunligida soliqlarni to‘lamaslik maqsadida, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 275,3 mln. so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Jumladan, Bo‘ka tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida, fuqaro Ma’sudov Sunnatilla (ism familyasi o‘zgartirilgan) hech qanday hujjatlarsiz chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida jami 62 xil turdagi 50 dona umumiy bahosi 44 975,5 ming so‘mlik texnika ehtiyot qismlari olib qo‘yildi.

Oqqo‘rg‘on tumanida esa fuqaro Kamolov Nizomiddin savdo do‘konida hech qanday hujjatlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliti bilan shug‘ullanyotganligi aniqlanib, 21 xil turdagi 15185,0 ming so‘mlik kiyim kechak mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olindi.

Shuningdek, Qibray tumani, Yangiobod QFY, Milliy bog‘ ko‘chasi, 9-uyda o‘tkazilgan reyd tekshiruvida fuqaro Maqsudov Ravshan hech qanday hujjatsiz avtomashina yuvish shaxobchasi tashkil etib aholiga xizmat ko‘rsatayotganligi aniqlangan. Teshiruvda 2 xil turdagi jami bahosi 9000,0 ming so‘mlik asbob-uskunalar vaqtinchalik olib qo‘yildi.

O‘tkazilgan profilaktik va tushuntirish ishlari natijasida to‘g‘ri xulosa chiqarib, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 530 nafar tadbirkorlik sub’ektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi.
Toshkent viloyati DSB axborot xizmati.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 0
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 7
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 15
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 22
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 35
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 7
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 7
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 15
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 23
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 151
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 42
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 61
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 22
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 35
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 127
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 72
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 297
  • Bo‘limlar